So’nggi yangiliklar

16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Ali Bin Hussayn: “FIFAda o'zgarishlar qilish davri keldi” Yangiliklar

Ali Bin Hussayn: “FIFAda o'zgarishlar qilish davri keldi”

FIFA prezidenti bo'lish uchun nomzodini qo'ygan shahzoda Ali Bin Al Hussayn “ESPN” portali uchun o'z dasturini taqdim etdi va ularni tushuntirib o'tdi. 29 may kuni bo'lib o'tgan saylovda u FIFAga boshchilik qiladigan birinchi osiyolik insonga aylanishi mumkin.
Unga raqobatchilar orasida amaldagi prezident Zepp Blatter, sobiq taniqli futbolchi Luish Figu va gollandiyalik futbol rahbari Mixael van Praag bor.

Yaqindagina Hussayn saylovoldi dasturini elon qildi va uni har bir ishqiboz bemalol o'qib chiqish imkoniyatiga ega. Dastur bir necha bandlardan iborat.



A. Rivojlanish
1. Milliy associaciyalarni qo'llab-quvvatlashni oshirish
2. Muddatli moliyaviy dasturlar
3.Ayollar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlariga ko'proq mablag' kiritish
4. Ayollar futboliga ko'proq mablag' kiritish
5. Futbolni rivojlantirish bo'yicha hududiy idoralarni ochish
6. Amaliy jarayonlar o'sishini yaxshilash
7. Murabbiylik ishlarini rivojlantirish
8. Mamlakatlar hukumati bilan joylarda futbolni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilish
9. Boshqaruv idoralari bo'lmagan tashkilotlar bilan hamkorlikni yaxshilash (ijtimoiy dasturlar)
10. Futbolning barcha turlariga mablag' kiritishni o'stirish (futzal, plyaj futboli va hokazo)

V. Jahon chempionatlari
- FIFAning mahsus qo'mitasi ostida
- terma jamoalar taqvimini yaxshilash
- FIFAning reyting ballari hisoblashni qayta ko'rib chiqish
- yangi texnologiyalarni amalga kiritishni texnik tarafdan yaxshilash
- turnirning turli qitalarda o'tishini taminlash
- qatnashchilar sonining o'sish holati mumkinligi
- turnirni bosqichma-bosqich rivojlantirish
- strategik qarorlar qabul qilish

S. Tijoriy muvaffaqiyat
1. Amaldagi daromad manbalarini himoya qilish
2. Daromadni ko'paytirish
Dasturning boshqa jihatlari
- futbolchilarni ekspluataciyadan himoya qilish
- futbolchi va muxlislarni irqchilikdan himoya qilish
- doping bilan kurash
- yoshni aniqlash uchun testlarni taminlash
- ctadionlarda xavfsizlikni kuchaytirish

- Siz FIFAda “saxiylik vaqti” sodir bo'lishi kerakligini gapiryapsiz, bunda milliy associaciyalarga ko'proq pul ajratish orqali stadionlar va o'quv-mashg'ulot bazalarini futbolni rivojlantirish va umumiy maqsadda qurish lozimligini aytib o'tdingiz. Bunga qanday erishishni mo'ljallab turibsiz?
- Biz jahon chempionatlari o'rtasidagi 4 yillik davr futbolni rivojlantirish uchun nimadir olib kelishi haqida gapiryapmiz. Hech kimga sir emas, eng katta daromadni aynan jahon chempionati olib keladi. Va bu mablag'ning ko'p qismi FIFAning hisob raqamida zaxira puli sifatida qolib ketadi. Tashkilot malum miqdorda shunday zaxiraga ega bo'lishi kerak, bu to'g'ri. SHu bilan birga jahon chempionati dunyo darajasidagi musobaqa bo'lgani uchun milliy associaciyalarni rivojlantirish uchun ko'proq mablag' ajratilishi lozim deb o'ylayman. FIFAning asosiy maqsadi milliy associaciyalar bilan hamkorlikda ishlash, chunki olingan daromadni joylarda futbolni rivojlantirish qayta investiciya sifatida kiritish kerak.

- FIFAning hisobida 1,5 milliard dollardan ko'proq naqd zaxira mavjud. Nima uchun bunday ko'p summani saqlab turish lozim?
- Bu muhim vaziyatlardan biri. Masuliyatni o'ziga olib, o'sha pullarni qayta investiciya sifatida kiritish lozim. Agar associaciyalar moliyaviy tarafdan etarli darajada taminlansa, bu o'yinning yanada rivojlanishiga olib keladi. Bu dasturimda amalga oshirish zarur bo'lgan bandlardan biridir.



- FIFAni korrupciya sababli anchadan buyon tanqid qilishmoqda. Oxirgi paytlarda bu faqat kuchaymoqda. Hammasi juda oddiy – masalan, men jahon chempionatida ishtirok etmaydigan kichik bir mamlakat federaciyasi vakiliman va menga jahon chempionatining qaerda bo'lib o'tishining umuman farqi yo'q. Meni o'z mamlakatimda futbolni rivojlantirish tashvishga soladimi? (savolda kichik mamlakatlar associaciyalari ovozlarini “qo'shimcha pul” evaziga biror mamlakat uchun berib yuborishlari nazarda tutilmoqda)

- O'zim shunday kichik associaciya davlatidanman. Ha, shunday savollar yuzaga kelishi mumkin, lekin futbolda ancha tartibli insonlar faoliyat yuritishini unutmagan maqul. Baxtga qarshi vaziyat shundayki, shunday muammolar FIFAni domiga tortyapti. Ovoz berishda korrupciyaga yo'l qo'ymaslik muammosini taminlash juda muhimdir. Biroq muammo tashkilotning yuqorisidan, rahbarlardan kelmoqda. Va biz buni o'zgartirishimiz kerak. Albatta, associaciyalar hamisha o'zining moliyaviy holatidan tashvishda bo'ladi va FIFAdan oladigan yordam darajasi haqida qayg'uradi.
Asosiy muammo nimada ekanligini tushuntirib o'taman. Associaciya vakillari bilan suhbatlashdim va ular hozir olayotgan mablag'dan ancha ko'proq pulga ega bo'lishlari mumkin. Bu faqat o'yinga qayta investiciya kiritishni qayta ko'rib chiqsak, uning joylarda rivojlanishi va hal etilishi lozim bo'lgan muammolarni ijobiy tugatsak, yuzaga keladi. Associaciyalar o'z holatidan tashvishga tushmaydigan va mustaqil tashkilotga aylanishi shart. Bazi federaciyalar ichki talabini qoniqtiradigan darajada imkoniyatga ega emas.

SHuningdek, futboldagi insonlarning rivojlanishi uchun pul ajratishni xohlayman. Nazariy va tajriba oshirishga qaratilgan talim olish dasturlariga mbalag' ajratish kerak. Ha, bazi associaciyalar jahon chempionatida ishtirok eta olishmaydi. Lekin ulardan hakamlar qatnashishi mumkin yoki kichik davlatlardan biror futbolchi kuchli klubda o'ynashi mumkin. SHunday yo'l bilan ular mamlakatlarining elchisiga aylanadi. Biz shunday holatlar yuz berishi mumkin bo'lgan bazani yuzaga keltirishimiz lozim.

- FIFAning talablaridan biri federaciya ishlariga hukumatning aralashmasligidir. Agar shunday holat ro'y bersa, associaciya FIFA azoligidan chiqariladi. Lekin 209 mamlakatning barchasida demokratiya to'liq taminlanmagan. Bu haddan tashqari g'arbcha talab emasmi? Bazi joylarda milliy associaciya rahbari siyosiy faoliyatga aralashgan bo'lishi mumkin.
- Bu muammoga ikki tarafdan qarash mumkin. FIFAga mustaqil tashkilot sifatida siyosiy mustaqillik zarur. O'z navbatida hukumatning federaciya ishiga aralashishidan o'sha azoni FIFAdan chetlatmasdan ham taminlasa bo'ladi. Osiyodagi tajribamda shunday bo'lgandi, o'shanda FIFA azolariga chetlatish xavf solgandi. Masalani joyida hal qilish lozim, barchasini Cyurix orqali tasdiqlatish shart emas. Diskvalifikaciyaning yomon tarafi shundaki, undan futbolchi va ishqibozlar ozor chekadi. Ushbu muammoni barcha darajada hal qilish shart.

FIFA marketing va turli dasturlarni qo'llashi haqida gap yuradi. Biroq aynan kichik mamlakatlarga kelganda ular barchasi qamrab olingandek tutishadi, amalda esa bunday emas. SHunday davlatlar hukumatini futbolga etibor berishga chorlashimiz kerak. SHu sababli men FIFAning jahon bo'ylab hududiy idoralarini ochishni istayman. Hozir rivojlanish bo'yicha qo'mitani 2 yilda bir marta yig'ishmoqchi. Bu etarli emas.

- “Almashtirish dasturi” o'zida nimalarni ifoda etadi?
- Bilimga ega mamur, murabbiy, hakamlar mavjud, ular bazi sabablarga ko'ra faoliyat ko'rsatishmayapti. Lekin ular boshqa mamlakatlarda o'sishga erishishlari va ishga ega bo'lish imkoniyatiga ega. Bajonidil tajriba olish uchun turli hududlarga borishga tayyor odamlarni topish mumkin. FIFA ushbu dasturni qo'llab-quvvatlashi shart.



- Ko'p associaciyalar FIFAning amaldagi prezidentiga ovoz berishlari mumkin, chunki u o'sha joylarda kadrlar bo'yicha keskin o'zgarishlarga turtki bo'lmaydi, barchasi o'z joyida qoladi. Buni qanday o'zgartirish mumkin?

- Bunday holat Evropadan tashqarida joylashgan davlatlar vakillari bilan mavjud. Biroq bu adolatdan emas. Men muloqotda bo'lgan ko'p federaciya vakillari futbolni rivojlantirishni o'ylashyapti. Albatta, o'zing bilgan odamga ovoz bergan maqulroq. Yangilardan kimnidir tanlash hamisha qiyin kechgan. Bu FIFA prezidentligi uchun uzoq vaqtdan beri o'tayotgan haqiqiy saylovdir (avvalgi saylovlarda mamlakatlar faqat Blatterni qayta saylash uchun ovoz berishgan, unga raqobatchi nomzod bo'lmagan).
“Qo'rquv madaniyati” degan holat bor, bunda o'zing tanlagan nomzod g'alaba qozonmasa, tanloving uchun qo'rquvni his qilasan. Bunday voqealar yuz berganini eshitganman. Lekin hozir ko'pchilikda ishtiyoq bor, ular o'yinning o'zini birinchi o'ringa qo'yishmoqda.

- “Qo'rquv madaniyati” haqida esladingiz. Osiyo futbolida muhim shaxs bo'lgan holda prezidentlikka nomzodingizni qo'yishda barcha besh qitadan ovoz olishingiz kerak edi. Bu so'zlaringizni inkor qilmayaptimi?
- Ha, kimdir uchun tanlovi haqida elon qilish oson, biroq kimdir yashirin ovoz berishdan foydalanishi mumkin. Eng muhimi, 29 mayda nima sodir bo'lishidir.

- Blatterdan tashqari Luish Figu va Mixael van Praag nomzodini qo'ygan. Ular haqida qanday fikrdasiz?

- Ularni hurmat qilaman, dasturlari haqida gapirib o'tishdi. Ular fikrlarini ommaga qo'rqmasdan etkaza olgan insonlardir.

- Dasturingizda jahon chempionatini namoyish etish uchun translyaciya tenderi ochiq o'tishi kerakligini ilgari surgansiz. Bu 2026 yilgacha SHimoliy Amerikada yuz bermaydigan holat (FIFA 2018 va 2022 yillardagi chempionatning translyaciya huquqini “Fox” kompaniyasiga ochiq savdosiz sotib yuborgan, shartnoma qiymati sir tutilgan). Bu qanday yuz berganini bilmaymiz, biroq FIFA ushbu shartnoma tufayli katta pul yo'qotdi.

- Ha, sodir bo'lgan voqeani qanday yuzaga kelganini tushunish uchun o'rganib chiqaman. Men qaror qabul qilgan qo'mitaga azo emasman, biroq bu ishni yuritish uchun namuna emas. Biz kichik mablag' to'g'risida emas, katta summa haqida gapiryapmiz. U tashkilot hisobiga tushishi va rivojlanish hamda foydali ishlarga sarflanishi mumkin edi. Demak, bu FIFA uchun yaxshi kelishuv emas. Tashkilot tomonidan qabul qilingan masuliyatsiz qaror. Saylovlardan keyin va yangi ijroiya qo'mita shakllantirilgandan keyin barchasi ochiqroq bo'ladi. Boshqaruv uslubini qayta ko'rib chiqib, malum o'zgarishlarni kiritishimiz kerak.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика