Jaloliddin Masharipov jarohatdan qutildimi?
17 noy 23:35
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov jarohatdan qutildimi?
"Ancha yaxshi holatdaman, og'riqlar yo'q. Umumiy guruh bilan mashg'uotlarni boshlaganman. Jismoniy holatimni tiklash jarayonidaman. Keyingi yig'inda ko'rishamiz deb umid qilaman. Mashg'ulotlarni boshlaganimdan so'ng hattoki o'zimizning shifokorlar ham bunchalik tez qaytganimdan hayron bo'lishdi. "Tez tiklanding, ko'rib xursand bo'ldik" deyishdi. Klubimiz shifokorlari nazoratidaman, Italiyada yashaydigan argentinalik mutaxassis va terma jamoamiz shifokori bilan suhbatlashib turibman. Klubim safida mashg'ulotlarni boshlab yuborganman.
Eronga qarshi o'yin? O'zbekistonga qarshi o'ynash eronliklarning joniga tegdi (kulib). Ikkala jamoa futbolchilari bir-birini juda yaxshi tanib olishgan va huddi do'stdek muloqot qilishmoqda. Bir inson bilan ko'p ko'rishaversangiz, shunday bo'ladi. Eronlik muxlislar ham "yana O'zbekistonmi?" deb hazillashishmoqda" - dedi Masharipov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Afsuski odatda uning jismoniy tayyorgarligi juda juda rasvo bo'ladi, shuning uchun yugura olmaydi.
Dangasalik qilmasdan, irodasizlik qilmasdan jismoniy tayyorgarligi ustida ishlab haqiqiy formasiga qaytsa juda katta natijalarga erishadi.
Otabek Shukurov, Eldor Shomurodovga ham shu gap. Texnikasi, tajribasi yuqori, lekin jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi shart.