So’nggi yangiliklar

15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  0 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11

Mbappe PSJdan sud orqali 240 mln evro talab qilmoqda. Klub esa undan 180 mln evro zarar undirishni so'radi Yangiliklar

Mbappe PSJdan sud orqali 240 mln evro talab qilmoqda. Klub esa undan 180 mln evro zarar undirishni so'radi

Teglar :  Kilian Mbappe PSJ
Kilian Mbappe PSJdan 240 million evro talab qilmoqda.

Kilian Mbappe bilan PSJ o'rtasidagi moliyaviy nizo davom etmoqda.

Forvard 2024 yilda shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida "Real"ga o'tgan edi.

Mbappe klubni ruhiy bosim o'tkazishda va 2023 yilda yangi shartnoma imzolashga majburlashda ayblagan. O'sha paytda u asosiy jamoadan vaqtincha chetlatilgan.

Bugungi sud majlisida futbolchining klubdan 240 million evro talab qilayotgani malum qilindi.

O'yinchining mehnat nizolari bo'yicha sudga taqdim etgan talablari quyidagi to'lovlarni o'z ichiga oladi:

— 12,6 mln evro (soliqdan oldin) — oldindan ogohlantirish puli;
— 25 mln evro (soliqdan oldin) — qonuniy kompensaciya;
— 3,6 mln evro — tatil puli;
— 1 mln evro — uch oylik tatil puli kechikishi uchun jarima;
— 44 mln evro — adolatsiz chetlatish uchun tovon;
— 17 mln evro — 2023 yil aprel–iyun oylari uchun maosh qarzi;
— 36,6 mln evro — imzolash bonusining uchdan bir qismi;
— 1 mln evro — etika bonusi;
— 37 mln evro — shartnomada ko'zda tutilmagan ish yuklamasi uchun;
— 37 mln evro — psixologik bosim uchun kompensaciya;
— 18 mln evro — mehnat shartnomasi buzilishi uchun;
— 18 mln evro — xavfsizlik qoidalari buzilishi uchun.

Mbappe advokati soliqdan oldingi 14,8 mln evro maoshni inobatga olishni so'ramoqda.

Shu bilan birga, PSJ advokati ham klub talablarini sanab o'tdi: parijliklar Mbappeden 180 million evro zararni qoplashni talab qilmoqda.

Reyting: -6   

Fikrlar

   
18 noy 22:10:30
Muxammadaliyev U
Shu bolani odamgarchiligi yo'q ekan PSJda shuncha yil o'ynab xech narsa qilolmasdan o'zicha realga ketgandi PSJ YCHLni ham OTni ham yutdi endi alamidan sudga yig'laptida
   
18 noy 01:07:41
Dilshod Bozorboyev
Naqadar ajoyib, mbappeda shunday muammo boʻlsa, boshqalarda qanday boʻladi. PSJ ni eng boy klublardan biri deyishadi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика