So’nggi yangiliklar

11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  4 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  18 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2

Alfraganus University: "Alyanc Arena"da Evropa klassikosi, Dortmundda Keyn finalga yo'l oldi Yangiliklar

Alfraganus University: "Alyanc Arena"da Evropa klassikosi, Dortmundda Keyn finalga yo'l oldi

Evropa chempionatiga kelib birorta o'yinga kira olmasdan ketamanmi deb o'ylagan edim.

Peshanaga yozilgan bo'lsa, shunday chiroyli o'yinga kirish nasib qilar ekan. Myunxenga ketishda internetga kirib chiptalar bilan qiziqdim, ne ko'z bilan ko'ray, 1000 $ dan arzon bo'lmagan chiptalar savdoda 300 ga sal etib, etmay turibdi. Tavakkal bosdim, o'yinga kirib afsuslanmadim. CHipta sotib olayotganda ispaniyalik muxlislar o'tiradigan qatorni belgilab, ikki marotaba to'g'ri qilganimga amin bo'ldim.





SHeriklarimizdan biri o'yinni fan zonada ko'rishini bildirdi. 1972 yil yozgi Olimpiya o'yinlari Myunxenda bo'lib o'tganidan xabaringiz bo'lsa kerak, mazkur musobaqa uchun bunyod qilingan Olimpiya stadionida 10 000 kishiga mo'ljallangan fan zona tashkil qilingan edi. Ikki kishi stadionga yo'l oldik. Metrodan chiqishda "Alyanc Arena"ning haybati va chiroyi kishining ko'zini quvontirardi. Kirishda bayrog'imizni qo'ymadi, nizom asosida ish tutayotgan xodimga ichkarida boshqa davlatlarning bayrog'ini ko'rsatdim. Unda boshqa eshikdan kira qolgin, men kirita olmayman, qoida shunday deb qoldi. Tavakkal qildim, bayroqni tashlab ketmaymanku, chiqqanimdan keyin qaytib QR kodim kuyishi mumkinligini bilardim, baxtimga QR kod ikkinchi o'tish hududidan keyin kuyarkan. Bir amallab bayroqni berkitib boshqa eshikdan kirib oldim, aytganimdek men kabi o'z mamlakati bayrog'i bilan yurganlar ko'p edi. Qozog'istonlik do'stlarimiz bilan ko'rishib qoldik, Germaniya musobaqani tark etkanligi uchun chiptalar qo'lda sotilib yotgani haqida aytganimda, mendan necha pulga olganimizni so'rab, o'zlari 2000 AQSH dollariga 6 oy avval harid qilishganini aytishdi. Hozirgi narxni eshitib bir afsuslanishdi, ammo, "zato risk" qilmadik deb ko'ngilligini ko'tarib qo'yishdi. CHipatalarni tushib ketishiga asosiy sabab Germaniya terma jamoasini mag'lubiyatga uchragani. 4000 $ VIP chiptani 700 ga iltimos qilib sotib yurganlarni ko'rdik. Qisqasi men stadiondaman, uchinchi qavatda bo'lsada, stadiondaman!




Safar bosh homiysi: Alfraganus University
Homiylar: Coca Cola, Trastbank, AKFA, Ucell



Mbappeni 2018 yil Moskvadagi finalda ko'rganimda ancha yosh edi, bu o'yinda u ulg'aygan futbolchi sifatida jamoasini sardor sifatida mashg'ulotga olib chiqdi. Men uchun qizig'i, Ispaniya biroz vaqt o'tkazib mashg'ulotlarga chiqdi. TVda ko'p ko'ramiz, o'yinga yaqin stadion bo'shdek tuyuladi. Aslida har bir tribunaga kiraverishda turli fast-fud va ichimliklar sotiladigan do'konchalar bo'ladi. Bizda 5-6 ta sektorga bitta qilishadiku, u ham bo'lsa, bu erda har bir sektor uchun bo'ladi. SHuning uchun tashrifchilarning juda katta qismi atrofda aylanib, eb ichib yurgan bo'ladi. Masalan bitta Coca Cola 0,5 ning narxi 6 evro, uning stakani esa 3 evro, qaytarib olib kelsangiz, pulini qaytaradi. Pivoning narxi 9 evro, bulochka 5, xot-dog 8 evrodan "uchadi".



O'yin boshlandi, asosiy tarkib azolari maydonda. Uchrashuv haqida to'xtalib o'tmayman, o'yin boshida jabrdiyda nemis muxlislari bir muddat "Doychland" (Germaniya degani) deb baqirib, keyin Ispaniya va Franciya muxlislari orasida ko'rinmay ketdilar. Birinchi bo'limda uchta gol urildi va bu 90 daqiqa uchun kifoya qildi. O'yinni jonli ko'rish bari-bir boshqacha, Mbappe haqiqatdan ham juda tez o'yinchi, Yamalning keyingi harakatini taxmin qilish juda qiyin futbolchi ekanligini ko'rdim.



Biz esa Berlinga etib keldik, Germaniyada interetning tezligi bo'yicha muammolar yo'q emas ekan. SHuning uchun, bazida YouTube'ga videoni yuklash juda qiyin bo'lyapti. Maqola va video kech chiqqanligi uchun uzr!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика