Alfi Mouson: Klement boshchiligida Suonsi istalgan jamoa bilan o'ynashga tayyor
13 fev 2017 01:25
Yangiliklar


Alfi Mouson: Klement boshchiligida Suonsi istalgan jamoa bilan o'ynashga tayyor
Suonsi himoyachisi Alfi Mouson Lesterga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Gol urganimdan xursandman. Men shunday golni Milluol safida urganman, ammo u boshqa saviya. Yangi murabbiy ko'p narsani o'zgartirdi, hech qachon bunchalik ko'p mehnat qilmaganmiz. Uning shunday gapi bor: hafta davomida qiynalsangiz, dam olish kunlari oson o'tadi. Buni sizlar ham ko'rayapsizlar. Hozir biz istalgan jamoaga qarshi o'ynashga tayyormiz, – deydi Mouson.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar