Aleksis Sanchesga A Seriyaning boshqa klubi qiziqish bildirmoqda
03 may 2020 15:59
Yangiliklar


Aleksis Sanchesga A Seriyaning boshqa klubi qiziqish bildirmoqda
Vinger Aleksis Sanches faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin, biroq bu "Inter" bo'lmaydi.
Milan klubi chililikni ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga olgandi, biroq ular "Manchester Yunayted" bilan futbolchini sotib olish borasida muzokaralar olib borishmayapti. Sanches "Inter" tarkibida barcha turnirlarda 15 o'yinda 1 gol urdi.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Bo'rilar" Sanchesni 2020/2021 yilgi mavsum yakuniga qadar sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.
SHu orqali rimliklar futbolchini pasaygan narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Sanchesning MYU bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar