

Futbolchining "to'pchilar" bilan shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi. Sanches ayni damda Rossiyada va Germaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogi final bahsi uchun Chili terma jamoasi bilan tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Hozir Konfederatsiyalar Kubogiga e'tibor qaratganman. Turnir yakunlanganidan so'ng, qolishim yoki ketishimni aytaman. Bir qarorga keldim, biroq hozircha hech narsa deya olmayman" - deydi Aleksis.
Oldinroq 28 yoshli chililik "Bavariya" qiziqishlari doirasida ekanligi e'lon qilingan edi.



