Aleksey Evstafeev: "Bunday uchrashuvlarda mag'lub bo'lish alamli"
13 okt 09:44
Yangiliklar
Aleksey Evstafeev: "Bunday uchrashuvlarda mag'lub bo'lish alamli"
Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” - “Do'stlik” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Uchrashuv biz uchun omadli kechmadi, birinchi bo'limning o'zida bir kishi kam bo'lib qoldik. Qizildan so'ng hujumkor futbol ko'rsatishimiz juda qiyin edi, bundan tashqari, bo'lim so'ngida gol o'tkazib yubordik.
Futbolchilarimga ikkinchi bo'limdagi harakatlari uchun rahmat aytaman, ular ancha yaxshi harakat qilishdi. Ular oxirigacha kurashishdi. Biroq omad etishmadi. Bunday uchrashuvlarda mag'lub bo'lish alamli.
"Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, ularga keying o'yinlarda omad tilab qolaman.
Fikrlar