Aleksey Evstafeev: "Osiyo chempionatiga o'z oldimizga maksimal vazifalarni qo'ygan holda ketyapmiz"
06 jan 2014 17:43
Yangiliklar


Aleksey Evstafeev: "Osiyo chempionatiga o'z oldimizga maksimal vazifalarni qo'ygan holda ketyapmiz"
O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi Dubayga uchib ketishidan oldin muxbirimiz jamoa katta murabbiyi Aleksey Evstafeevdan qisqa intervyu oldi.
Aleksey Evstafeev, terma jamoa katta murabbiyi: Tayyorgarlik ko'rish uchun juda kam vaqt bo'ldi. Ob-havo ham ko'ngildagidek mashg'ulot o'tkazishimiz uchun imkoniyat bermadi. O'ylaymanki, BAAdagi bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'ini chog'ida tayyorgarlikni maromiga etkazib olamiz. Tarkibdagi futbolchilarning bari professional. O'z zimmalariga yuklatilgan masuliyatli vazifani sharaf bilan uddalashadi. Biz murabbiylar yigitlarga ishonamiz. Osiyo chempionatiga o'z oldimizga maksimal vazifalarni qo'ygan holda ketyapmiz. Maqsadsiz musobaqaga borish bu mantiqsizlik bo'lardi. Boz ustiga, tarkibimiz juda kuchli. Ochig'i, raqiblarimiz haqida juda kam malumotga egamiz. SHunisi aniqki, ular anchadan beri osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishyapti. Bundan fahmlash mumkinki, uchchala raqibimiz ham Ummonga shunchaki qatnashib ketish uchun kelmayapti.
Kamoliddin Alimov.
Kamoliddin Alimov.

Fikrlar