So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  4 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  6 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

Aleksandr Xomyakov: "Turdan-turga turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Turdan-turga turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda"

"Dinamo"-"Andijon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, savollarga javob qaytardi.

- Albatta, natija meni quvontirdi. Juda muhim uchrashuvda g'olib bo'ldik. "Olti ochkolik" o'yinligini bilib turganimiz uchun uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Raqib hujumga zo'r berishi malum edi. SHu sababli, shogirllarimga himoyada bexato o'ynashlarini, tezlik bilan qarshi hujumga o'tishlarini uqtirdim. Raqibning xatomizdan foydalanib sodir etgan bir-ikki hujumlarini hisobga olmaganda, shogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni aniq bajarishdi. Yigitlarga minatdorchilik bildiraman.
SHuningdek, doim bizni yolg'izlatib qo'ymaydigan muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan alohida tabriklayman!

- Ketma-ket etti mag'lubiyatdan keyin "Dinamo" jamoasidan nima kutayotgandingiz?


- Raqibning asabiylashib turgani aniq. Sababi, birinchi davrada yorqin o'yin namoyish etgan jamoaning hozirgi kunda ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani yoqimsiz albatta. Bugun ular o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq oldinga o'tishini hisobga olgandik va kutgandik. O'yindagi asosiy maqsadimiz himoyada bexato o'ynash va qarshi hujumga o'tish edi.

- Hisob o'yinga yarasha bo'ldimi?


- O'yinni teng bo'ldi deb aytish mumkin. Sababi, gol kiritganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratdik. Raqib ham gol o'tkazib yuborganidan keyin vaziyatlar yaratdi. Imkoniyatdan foydalanish bobida ustunlik qildik. Qaytarib aytaman, asosiy maqsadimiz himoyamizda xato qilmaslik va raqibni xato qilishga majburlash edi. Bunday o'yinlarda uchrashuv taqdirini 1-2 ta vaziyatlar hal qiladi. Kam xato qilgan jamoa yutadi. Bularning barchasini udallay oldik.

- "Andijon" xavfli zonani tark etdi deb aytish mumkin?

- Aslo, yo'q! Avvalo, bizda Pro ligaga ravona bo'lish haqida o'y yo'q. Bu haqda o'ylamayapmiz ham. To'g'ri, turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda turdan turga. Qolaversa, o'yin tashkil qilishda bizda muammolar bo'ldi. Lekin Superligadan tushib ketmasmikinmiz degan fikr yo'q jamoada.

- Superligada qolishga kurashayotgan "Buxoro" va "Dinamo" jamoalarining qaysi birida vaziyat og'ir deb hisoblaysiz?


- Fikrimcha, "Dinamo"ning taqvimi qiyinga o'xshayapti.

- O'zingizni" Dinamo" uchun noqulay murabbiy deb hisoblaysizmi? "Mashal" bilan ham, "Andijon" bilan ham doim yutib ketasiz.


- Men bunday statistikalarga qiziqmayman. Men bu haqda o'ylamayman ham.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика