So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Aleksandr Xomyakov: "O'yin 6 ochko uchun kechdi desak ham bo'ladi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "O'yin 6 ochko uchun kechdi desak ham bo'ladi"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Turon" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Kurashlarga va xavfli vaziyatlarga boy o'yin ko'rdik. Bugun qiyin bo'lishini kutgandik. O'ylashimcha, gol urilmaganiga qaramasdan, jangovar durang bo'ldi. Har ikki jamoa g'alaba uchun harakat qildi. Yomon o'yin bo'lmadi. O'yin 6 ochko uchun kechdi desak ham bo'ladi, chunki jamoalar turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida bormoqda va har bir ochko muhim. Yigitlarga harakatlari uchun rahmat aytaman.

- Qizil kartochka ko'rsatilgan holat haqida nima deya olasiz?

- Rostini aytsam, o'sha vaziyatni to'liq ko'ra olmadim. Hozircha bu borada hech narsa deya olmayman.

-  Durang qoniqtirdimi?

- Avvalo, yutish uchun harakat qilganimizni aytishim kerak. Himoyaga etibor qaratib, yaxshi o'ynadik va gol o'tkazmadik. Umuman olganda, himoyadan qoniqdim. Hujumdagi ishlarimiz esa yurishmadi. 

- Tajribali futbolchi SHahzod SHaymanov zaxirada qolib ketyapti. Buning sababi nimada? Unda jarohat bormi yoki o'yinida pasayish kuzatilganmi?

- SHaymanovda kichik jarohat bor edi. U hozircha zaxiradan tusha olardi. Lekin uni asosiyda tushirish g'oyasi bor edi, mening qarorimga ko'ra shunday qilindi. Alohida aytishim kerak, har bir futbolchi o'yinda qatnashishi va jamoaga yordam berishi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика