So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Aleksandr Xomyakov: Muxlislarimizning daldasi bizga kuch bag'ishladi Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: Muxlislarimizning daldasi bizga kuch bag'ishladi

Yirik hisobdagi g'alabadan kayfiyati chog' bo'lgan "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi navbatda birinchi debyut g'alabamni qo'lga kiritganimdan xursandman, - deya gap boshladi, Xomyakov. - Birinchi bo'limdagi o'yinimiz unchalik ham qovushmadi. Qolaversa, biroz asabiy o'yin bo'ldi. Lekin shunga qaramay, biz hisobni ochishga erishdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin tizginini yo'qotib qo'ymaslik borasida bizda biroz qo'rquq ham bo'ldi. Ammo o'ylagan rejalarimiz bugun amalga oshdi. Buning natijasida to'rtta gol urdik va bundan xursandman. Bundan tashqari, bu o'yin muxlislarimizga ham yoqdi deb o'ylayman. SHu fursatdan foydalanib, andijonliklarni bugungi g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi ikki kundan keyin bo'ladigan uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Bugundanoq futbolchilarni tiklash ishlarini boshlaymiz. CHunki yirik hisobda yutgan bo'lsak-da, yigitlar ancha kuch sarflashdi. Muxlislarimizning daldasi jamoamizga ancha sezilib turdi. Bu esa bizga yanada kuch bag'ishladi.

- Aleksandr Andreevich, «Buxoro» siz kutganingizdan ham ko'ra pastroq darajada o'ynadi deb o'ylaysizmi?

- «Buxoro»ning ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashini kutgandik. Ayniqsa, bizning xatolarimizdan foydalanib o'yin ko'rsatishlarini sezgandik. Bu o'yinda birinchi bo'lib gol urishimiz juda muhim edi. Agar birinchi bo'limda hisobni ochmaganimizda bizga ancha qiyin bo'lishi mumkin edi. Xullas, gol urganimizdan keyin o'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi.

- SHuningdek, bugun bir qator etakchi futbolchilarga dam berdingiz. Bu bilan ularni Superliga doirasida OKMKga qarshi o'yin uchun asrab qo'ydingizmi?

- Ha, to'g'ri topdingiz. Bir qator etakchi futbolchilarimizga dam berishga qaror qildik. Har uch kunda o'ynash qiyin.

- «Andijon» O'zbekiston Kubogi bahslarida uzog'i bilan chorak finalgacha etib borgan xolos. Bu musobaqada jamoaning maqsadi qanday?

- Biz uchun har bir uchrashuv muhim. Bungacha Muborakda «Mashal» ustidan g'alaba qozongandik. SHundan keyin mana bugungi uchrashuvda yutdik. O'ylaymanki, bu g'alaba futbolchilarimizga ancha ishonch bag'ishlaydi. Albatta, Kubokda ham uzoqroqqa borishga harakat qilamiz. Lekin biz bunisi chempionat, bunisi Kubok bahsi deb ajratib o'tirmaymiz. Har bir o'yinda maksimal natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика