So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlarimiz chempionatimizga tez moslashib ketishdi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Legionerlarimiz chempionatimizga tez moslashib ketishdi"

"Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'tgan turda safardagi mag'lubiyatdan so'ng muxlislar oldida qarzimizni uzmoqchi edi. Yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ular yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi", - deydi Xomyakov.


- "Mashal" o'z uyida yaxshi o'ynamoqda. Lekin stadionga kam tomoshabin kelmoqda...

- Ha, afsusi odam kam kelmoqda. Biz ham tomoshabinlar ko'proq bo'lishini istaymiz. Biz ular uchun o'ynaymiz. 


- Zafar To'raev borasida qanday fikrdasiz?

- U jamoamizning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Jamoani ortidan ergashtira oladigan futbolchi. Ammo hech kimni alohida ko'rsata olmayman. Zafar kelajakda ham shunday o'ynashda davom etadi deb umid qilamiz. 


- Legionerlar o'yinidan qoniqayapsizmi?

- Ivanov gollar urmoqda, Bukatkin tayanch yarim himoyasida yaxshi o'ynamoqda. Ular tezda O'zbekiston chempionatiga tezda moslashib ketishdi.


- "Mashal" bu mavsumda "Nasaf" va "SHo'rtan"dan yuqori o'rinni egallash maqsadi bormi?

- Ko'rib turibsiz, hozircha jamoamiz ancha yaxshi o'ynab g'alabalarga erishmoqda.


- Sizningcha "Nasaf" OCHLda guruh bosqichidan chiqa oladimi?

- Albatta, bunga umid qilaman. Ishonamanki Qarshi jamoasi keyingi bosqichga chiqa oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика