So’nggi yangiliklar

16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  1 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  3 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0

Aleksandr Xomyakov: "Hotirjam g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinni asabiy tarzda tugatdik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hotirjam g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinni asabiy tarzda tugatdik"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Muxlislarimizni tabriklayman. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz, ammo O'yin so'ngida o'tkazib yuborilgan ikki gol meni ranjitdi. Xotirjam g'alaba qozonishimiz kerak bo'lgan o'yinni asabiy tarzda tugatdik. O'yinni tashlab yubordik. Bugungi uchrashuv bizga dars bo'ladi degan umiddaman.

- Bektemir Abdumannopov "Andijon"ning eng katta transferlaridan biri bo'ldi. Abdumannonov hujumchi lekin u hozir ko'proq jamoadoshlariga pas berish bilan shug'ullanmoqda. Siz Abdumannopovni qaysi poziciyada ko'rmoqdasiz?

- Abdumannopov hujumkor qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynamoqda. Bizning jamoa barcha futbolchilar himoyaga qaytishadi. Bektemir himoyada o'ynashni ham o'rganmoqda. U katta potencialga ega, ammo hali ko'p narsani o'rganishi kerak. Butun jamoa mehnat qilmoqda va har bir uchrashuv biz uchun so'ngi o'yindek. Aynan qaysidir futbolchini takidlab o'tmayman, hamma birdek ishlamoqda.

- Jamoangiz so'ngi ikkita o'yinda 8ta gol urdi va 6 ochkoni qo'lga kiritdi. Ko'pgina jamoalarda g'alabali seriyalardan so'ng xotirjamlikka berilish seziladi va bu natijaga tasir qiladi. Bunday holat "Andijon" bilan takrorlanishi mumkinmi?

- Bu futbol. "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuv omadli bo'ldi va ko'p gol urdik. To'g'ri, g'alaba qozonayotgan bo'lishimiz mumkin, ammo O'yin sifatidan ko'nglim to'lmayapti. Biz o'sishda davom etishimiz kerak. Hozirgi holatimizda hujumdagi o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. Ko'p gol urayotganimizga qaramay hujumdagi o'yinimiz yaxshi emas.

- Rubiy Xebay jamoani tark etdi va uning o'rniga rossiyalik yosh futbolchini sotib oldingizlar. Dastlabki uch turdan keyin Lukaning o'yinidan qanchalik qonikdingiz. Zgurskiy Xebayning o'rnini bosa oladimi?

- Xebay mustaqil hujumchi. U o'zi uchun o'zi bemalol vaziyat yarata oladi. Ammo Xebay ikkinchi davrada kamroq gol urgandi. Hujumchilar bugun gol ursa, ertaga urmaydi. Ikkinchi davrada jamoaviy O'yin sababli ko'proq gol va ko'proq ochko yig'a olgandik. Zgurskiyga keladigan bo'lsak, u hali yosh futbolchi. Biz unga imkoniyat bermoqdamiz va u imkoniyatdan foydalanishga harakat qilmoqda. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda gol urishga ham erishdi. Bizda nafaqat Xebay, balki uning o'rniga boshqa hujumchilar ham bor. Bizda hozir uchta hujumchi bor: Zgurskiy, Turdimurodov va Samiev. Barcha hujumchilarimizga imkoniyat beramiz. Biz Xebayning o'rnini son bilan yopamiz.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика