So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  3 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  13 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  11 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  15 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   7 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  55 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  433 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Aleksandr Xomyakov: "Hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Ketma-ket mag'lubiyatlar yomon tasir o'tkazmoqda" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Ketma-ket mag'lubiyatlar yomon tasir o'tkazmoqda"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




- O'yin haqida

- Barchani o'zingiz ko'rdingiz. Juda alamli o'yin bo'ldi, hatto durangni ham ushlab qola olmadik. Birinchi bo'limda juda yomon o'ynadik va reja qilgan o'yinimizni umuman namoyish eta olmadik. Ikkinchi bo'limda biroz jonlandik. Ikkinchi bo'lim avvalida gol o'tkazib yubordik, keyin hisobni tenglashtirdik, lekin hatto durang natijani ushlab qola olmadik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Hozir bir nima deyish qiyin.

- "Andijon" ikkinchi davrada 5 marotaba mag'lubiyatga uchrashi. Mag'lubiyatlar soni juda ko'payib ketmadimi?

- To'ppa-to'g'ri. Bu juda yomon natija. Nima deyishni ham bilmayman, to'g'risi. Buni qanday to'g'rilash yo'lini bilarsiz balki? O'zingiz yordam berib yubora olmaysizmi? "Lokomotiv" bugun bizdan yaxshiroq o'ynadimi? Nima deb o'ylaysiz?

- Jamoa g'alaba qozondimi demak, yaxshi o'ynagan.

- To'g'ri, g'oliblar muhokama qilinmaydi. Juda yomon o'ynamoqdamiz. Biz harakat qilmoqdamiz, ammo bir nima etishmayapti. Bu savolga javob topa olmayapman, to'g'risi.

- Natija qachon yaxshilanadi?

- Yaxshi savol. Bilmadim, natija qachon kelishini. Har bir o'yinga maksimal tayyorgarlik ko'ryapmiz, ammo omadimiz kelmayapti.

- Jamoadagi ichki muhit yaxshimi?

- Hammasi joyida. Bu masalada hech qanday muammo yo'q. Mashg'ulotlarda barchasi o'hshamoqda, ammo o'yin vaqtida umuman boshqacha futbol namoyish etyapmiz.

- Kecha "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan, uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida faqatgina finalni kutib yashayotganini aytdi. Balki "Andijon" ham final haqida juda ko'p o'ylab yuborayotgandir va shu sababli Superligadagi natijalar yomonlashib ketgandir?

- Bunday muxlislar bilan birga o'yinni tashlab qo'yishning iloji yo'q. Har bir uchrashuvga maksimal tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ketma-ket mag'lubiyatlar ham yomon tasir o'tkazmoqda. Har bir uchrashuvga Kubok bahsidek yondashish kerakligini takidlayapman, ammo bu hozircha ish bermayapti.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика