So’nggi yangiliklar

10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  1 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  5 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  8 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  33 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37

Aleksandr Xomyakov: "G'alabadan xursandmiz, lekin o'yindan qoniqmadim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "G'alabadan xursandmiz, lekin o'yindan qoniqmadim"

Qibrayda kechgan “Paxtakor-2” – “Mashal” bahsi yakuniga etgach, odatdagidek “gazchilar” ustozidan intervyu oldik.
- Aleksandr Andreevich, “Mashal” ikkinchi bosqichni yirik g'alaba bilan boshladi. Jamoa ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?

- To'g'risini aytsam, o'yindan unchalik qoniqmadim, ammo g'alabadan hammamiz xursandmiz. Negadir shogirdlarim men xohlagan futbolni namoyish etishmadi. Ehtimol bu ikkinchi bosqich o'yinlarining endi boshlangani bilan bog'liqdir.

- “Mashal”ning qanday o'yin namoyish etishi raqibning kimligiga bog'liqmi?
- Negadir futbolchilarimiz “Paxtakor” bilan o'yinlarda o'zlarini yo'qotib qo'yishadi. Oldin “Bunyodkor” bilan ham shunday bo'lardi, lekin sekin-asta bu qo'rquvni engib boryapmiz. Ammo “Paxtakor”dan hadiksirash “Mashal” o'yinchilarida hamon davom etmoqda.

- Sizningcha, oldinda muxlislarni qanday chempionat kutib turibdi?
- Hozirdan bir narsa deyish qiyin, ammo birinchi liga turdan turga qiziydi degan umiddaman.

- Jiddiy kurashlar bo'ladimi?
- Menimcha, bo'ladi. SHuni ishonch bilan aytishim mumkin, “Mashal”ni bir qator qiyin bellashuvlar kutib turibdi va yigitlardan bo'shashmaslikni so'rab qolaman.

- Ikkinchi bosqichda “Mashal”ning asosiy raqobatchisi sifatida kimni ko'ryapsiz?
- Faqat o'zimizni. CHunki hech bir jamoaning bizdan ustun joyi yo'q. Boshqalar uchun bizni mag'lubiyatga uchratish oson bo'lmaycdi. Biz faqat o'zimizning xatomiz tufayligina yutqazib qo'yishimiz mumkin. Birinchi ligada hech qaysi jamoa o'z kuchi bilan bizni yuta olmaydi.

- “Oqtepa” bilan o'yinda Sanjar Quvvatov va Jahongir Abdumo'minov maydonga tushadimi?
- Bilasiz, bu ikki futbolchimiz hozir milliy terma jamoa tarkibida. Eshitishimcha, 14 avgust kuni terma jamoa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Ertasi kuni esa bizning o'yinimiz bor. SHunday ekan, hozircha bu borada bir narsa deya olmayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика