So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga ro'za tutishni taqiqlamaymiz" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga ro'za tutishni taqiqlamaymiz"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi 4-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Yangier" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- Bugun oson g'alabaga erishdik deb aytmagan bo'lardim, qiyin o'yin bo'ldi. "Yangier" yomon jamoa emas ekan, ular bugun maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. "Yangier" jamoasi ham bizga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Ha gol urdik, lekin bizga vaziyatlarni yakunlashda aniqlik etishmayapti. Umumiy olganda bugun yomon o'yin bo'lmadi, aksincha tomoshabop futbol ko'rdik.

- Jamoa safida ro'zador futbolchilar bor edimi?


- Tushunishim bo'yicha siz futbolchilarga ro'za tutishni taqiqlaysizmi demoqchisiz. Yo'q, biz hech kimga ro'za tutishni man qilmaymiz. Ro'zador futbolchiga maydonda oson bo'lmaydi, lekin professional futbolchi har doim o'z vazifasini to'laqonli bajaraveradi.

- Kubok bahslaridagi 3 ta o'yinda qaysi jamoa bilan o'yin yodingizda qoldi?


- Barcha jamoalar bilan ham yaxshi o'yinlar bo'ldi. Kubok uchrashuvlarida murabbiylar ko'proq rotaciyalarga urg'u qaratishmoqda. Yodda qolgan o'yin emasku, "Qo'qon-1912" bilan bahsning birinchi bo'limida futbolchilarimning harakatlaridan to'liq qoniqish hosil qilgandim. SHuningdek "Metallurg"ga qarshi o'yinimiz ham yomon bo'lmagandi.

- Muborak tumani janubiy xudud hisoblanadi. Agar imkoni bo'lsa o'yinlarni kechki vaqtlarga qo'yish taklifini bergan bo'larmidingiz?


- Bu borada tashkilotchilar o'ylab ko'rishgani aniq. CHempionat doirasidagi o'yinlarimiz kechki vaqtlarga qo'yilsa kerak. Issiq ob-havoda futbol o'ynash qiyinchilik tug'diradi albatta. Muborakda 19:00 dan keyin futbol o'ynash qulayroq bo'lardi nazarimda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика