So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  16 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga muxlislar uchun g'alaba qozonish kerakligini aytgandim" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Futbolchilarga muxlislar uchun g'alaba qozonish kerakligini aytgandim"

Coca Cola Superliganing 12-turi doirasida "Turon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

- SHak-shubxasiz, juda xursandman. SHunday og'ir uchrashuvda g'alabaga erishdik. Yana bir bor xarakter namoyish qildik va muvaffaqiyat qozondik. Barchasi biz o'ylagandek kechmadi. Penaltidan tezkor gol o'tkazib yubordik. SHoshildik, hujumga katta etibor berdik. Bazida biroz sabr, mahorat etishmadi. Omad biz tomonda bo'ldi. Balki bu g'alabani yigitlarning bor kuchi bilan o'ynagani, o'zlarini o'yinga bahsh qila olgani va kerakli natijaning aynan shu sababli qo'lga kiritilgani bilan bog'lasak bo'ladi. Yigitlarga biz muxlislar uchun o'ynashimiz kerakligini, o'yindagi barcha harakatlar yoddan chiqishini, o'yindan faqatgina eng yaxshi hissiyotlar qolishini aytgandim. SHu orqali yigitlar muxlislarga g'alabani tortiq qila olishdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman va oldinga harakatlanishda davom etamiz.

- Ushbu mavsumda hozirgacha qo'lga kiritilgan eng qiyin g'alaba deb aytsak bo'ladimi?

- Albatta. Ammo barcha o'yinlar og'ir o'tmoqda. Har bir o'yinda hujumni tashkil qilishda etarlicha muammolarga, qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. Raqiblar bir kishi kam bo'lib qolganidan keyin bizning to'liq nazoratimizni kutishgandi. Biroq biz ikki qanotni ishlatishdan to'xtamadik. Bizga to'pni ushlab turish, sovuqqonlik, texnik mahorat etishmayapti. Ishlashda, rivojlanishda davom etishimiz kerak. 

- Adashmasam, bu "Andijon"ning Superligada "Turon" ustidan qozongan ilk g'alabasi. "Turon" "Andijon" uchun noqulay raqibmi?

- Bu haqda eshitmagandim. Statistikalarni kuzatib bormayman. Biz o'yindan o'yinga tayyorlanib kelyapmiz. Barcha o'yin biz uchun og'ir o'tyapti, engil o'yinning o'zi yo'q. SHu bois har bir uchrashuvga so'nggi bahs kabi kayfiyatda maydonga tushyapmiz.

- Klubning moliyaviy holati borasida saytlarda ko'p malumotlar chiqdi. SHuningdek, ikki futbolchining OKMKga o'tishi borasidagi xabarlarga nima deysiz?

- Bu savol menga emas, menda bunga javobning o'zi yo'q. Rubinning ketishi borasida gapirish qiyin, hozircha u bizning jamoada va gol urishda davom etyapti. Jamoa belgilangan yo'nalish bo'yicha ishlashda davom etyapti.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика