So’nggi yangiliklar

00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3

Aleksandr Xomyakov: "Futbol 45 daqiqadan iborat emas" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Futbol 45 daqiqadan iborat emas"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



"Juda qiziqarli uchrashuv bo'ldi. Har ikki jamoa hujumkor va tomoshabop ruhda o'yin namoyish etdi. Darvozalarga kiritilgan gollar sonining ko'pligi tomoshabinlarga ham manzur kelishi shubhasiz.

Bugun ikki xil taym ko'rdik. Birinchi bo'lim davomida to'pni nazorat qilishga va raqib darvozasini ishg'ol etishni maqsad qilgandik, bu rejamiz amalga oshdi. Lekin ikkinchi bo'limda birinchisidan farqli ravishda gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz qovushdi deb ayta olmayman. Aksincha "Qo'qon-1912" jamoasi tezlikni oshirgan xolda uchrashuvni o'z foydalariga hal qilishdi. Qo'qonliklar tarkibida mahoratli va kurashuvchan futbolchilar jam bo'lgan. Bugungi mag'lubiyatni unutgan xolda olg'a davom etamiz. Guruh bosqichining so'ngi turi biz uchun hal qiluvchi bahs hisoblanadi.

Tabiiy xolda bugungi natijadan qoniqish hosil qilganim yo'q.Futbol faqat 45 daqiqadan iborat emas. "Qo'qon-1912"ga muvaffaqiyat tilayman.

Qo'qonliklar bilan Muborakda kechgan o'yinimiz ham tomoshabop ruhda o'tgandi. O'sha golni aytmasa, shu o'yin ham bugungisidan farq qilmagandi", - deydi Xomyakov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика