Aleksandr Xomyakov: “Finalga chiqqanimizdan xursandmiz”
19 fev 2014 17:23
Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Finalga chiqqanimizdan xursandmiz”
Bugun bo'lib o'tgan “Mashal” – “Olmaliq” (2:0) bahsidan so'ng muborakliklar PFL Kubogining finaliga yo'l olishdi.
Endi “gazchilar” ertaga shu mavsum birinchi ligada qatnashishi kutilayotgan “Obod”ga qarshi bahs olib borishadi. Uchrashuv O'FF suniy maydonida bo'lib o'tadi.
“Olmaliq” o'rinbosarlariga qarshi kechgan bahsdan so'ng “Mashal” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning fikrlari quyidagicha bo'ldi:
“Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. To'g'ri, o'yin unchalik qiziq o'tmadi, balki bunga jamoalar o'rtasidagi farq sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. PFL Kubogida ishtirok etishdan maqsad shu musobaqa orqali yangi chempionatga puxta hozirlik ko'rishdir. Oldimizga chempion bo'lish vazifasi qo'yilmagan. Lekin g'alaba qozongudek bo'lsak, bundan albatta xursand bo'lamiz”.
X.Xoliqov.

Fikrlar