Aleksandr Xomyakov: "Faqat himoyada o'ynab g'alaba qozonish qiyin. "Nasaf" haqli yutdi"
08 mar 2020 20:16
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Faqat himoyada o'ynab g'alaba qozonish qiyin. "Nasaf" haqli yutdi"
"Butun o'yin davomida faqat himoyalandik. To'g'ri "Nasaf"ning xatosidan keyin gol ura oldik. Ammo umuman olganda rejalashtirgan hech nima o'xshamadi. Ha, bazi vaziyatlarda tartibli himoyalandik, bazida omadimiz keldi. Faqat himoyada o'ynab g'alaba qozonish qiyin. "Nasaf" haqli tarzda g'alabaga erishdi", - deydi Aleksandr Xomyakov.
- Jamoaga nima etishmadi?
- Biz deyarli hujum qilmadik. To'p bizda bo'lganida hujumga o'tishda juda ham sekin o'ynadik. Qarshi hujum haqida umuman gapirmayapman. Rejamiz maydon markazida himoyaviy o'ynash edi, afsuski "Nasaf" bizni to'liq himoyalanishga majbur qildi va to'liq o'yin davomida tashabbusga ega bo'ldi.
- Legionerlar haqida nima deya olasiz?
- Umuman olganda futbolchilarimga u qadar ham etiroz yo'q. Ishlashda davom etamiz va "Navbahor"ga qarshi uydagi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Nomoz CHoriev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar