So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  0 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  10 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

Aleksandr Xomyakov: “CHempionatda yaqqol etakchi jamoa ko'zga tashlanmayapti” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “CHempionatda yaqqol etakchi jamoa ko'zga tashlanmayapti”

“Navbahor” – “Mashal” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov qatnashdi:

- Bugun ancha jonli o'yin bo'ldi. Maydonda keskin kurash kechdi. Bizni Namanganda nimalar kutayotganligini yaxshi bilardik. SHundan kelib chiqqan holda ruhiy tomondan ham tayyorgarlik ko'rgandik. Maydonda keskin va murosasiz kurash kechishini va ko'p ming sonli namanganlik muxlislarni “Navbahor”ni hujumga undashlari kutilgandi.

Umuman olganda o'yinimiz chiqmadi deb ayta olmayman. Ayni paytda meni faqatgina natija qoniqtirmadi xolos. Birinchi bo'limda munosib tarzda himoyalanishni uddasidan chiqdik. Tanaffusdan keyin ham ayrim vaziyatlarni inobatga olmaganda yomon himoyalanganimiz yo'q. Lekin, qarshi hujumdagi o'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi. Bundan tashqari burchak zarbasi amalga oshirilgan holatda xushyorlikni biroz bo'lsada yo'qotdik. Bir so'z bilan aytganda natijani inobatga olmaganda jamoamiz maydonda yomon taassurot qoldirmadi.

Futbolchilarimizda o'ziga bo'lgan ishonch ham sezildi. CHempionatning beshta turi ortda qolgan bir paytda yaqqol etakchi jamoa ko'zga tashlanmayapti. Barcha qatnashchilarni deyarli teng kuchga ega ekanligini aytib o'tish joiz. Har bir jamoa qanday o'yin bo'lishidan qatiy nazar ochkolar zaxirasini boyitishga harakat qilmoqda.

Bunday tenglikni yuzaga kelishiga birinchi navbatda o'zbekistonlik futbolchilarning bir guruhini faoliyatini davom ettirish maqsadida xorijga yo'l olganligini keltirib o'tish joiz. Bunday sharoitda chempionat saviyasi tushib ketishi mumkinligi sababli bu holatga tanqidiy munosabatda bo'lgandim. Lekin, amalda bunday bo'lmadi. Xorijga yo'l olgan mahalliy futbolchilar o'rni legionerlar bilan to'ldirildi. CHindanam bu yilgi mavsum keskin va murosasiz ruhda o'tmoqda. CHempionatni bu tarzda borishini muxlislar katta qiziqish bilan kuzatishlari turgan gap. Mavsumning qolgan qismida ham shunday holat kuzatiladimi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi.

 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика