Aleksandr Xomyakov: "Butun o'yin davomida ustunlik qilib mag'lub bo'ldik"

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016, 22:37
"Mashal" - "Neftchi" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Afsuski futbolda shunday bo'lib turadi. Butun o'yin davomida raqibdan ustunlik qildik, biroq ikkita vaziyatdan gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'ldik. O'sha vaziyatlardan boshqa imkoniyatlarni eslay olmayman. Yigitlarga hech qanday etiroz yo'q. Jamoaviy o'yinimiz yaxshilanib bormoqda. Shunchki o'z kuchimizga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Shu bois ishonchsizlik paydo bo'lmoqda. Endi yo'qotilgan ochkolar o'rnini safardagi o'yinlar orqali to'ldirishga urinamiz", - deydi Xomyakov.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif