Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yin juda kerak edi"
15 fev 2023 18:11
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Bunday o'yin juda kerak edi"
"Andijon” – “Rodina” (0:0) bellashuvidan so'ng Aleksandr Xomyakov taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Qiziqarli o'yin bo'ldi, o'ziga xos jamoa ekan. Birinchi bo'limda biroz noqulay bo'ldi. Sababi, shamol bizga xalaqit qildi. SHuning uchun ko'proq himoyalandik.
Himoyadan chiqishimiz unchalik o'xshamadi va to'pni erda nazorat qila olmadik. Asabiy holatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limda 20-25 daqiqa raqib jarima maydonida faol bo'ldik.
Raqiblarning darvozamiz oldidagi vaziyatlari ancha xavfli bo'ldi. Imkoniyatlarni kam yaratdik. Bunday o'yin juda kerak edi. Qaerdadir xarakter ko'rsatdik. Sifat olib kirishga urindik, shuning uchun qaysidir manoda qoniqdim”, - dedi Xomyakov.
Fikrlar