So’nggi yangiliklar

01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  2 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  3 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  1 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  9 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  9 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  4 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  26 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  5 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  10 20:13А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  1 19:56​Бразилия Кореяни тор-мор келтирди  6

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o'yinda hech narsa o'xshamadi, nima bo'lganini tushuna olmayapman" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bugungi o'yinda hech narsa o'xshamadi, nima bo'lganini tushuna olmayapman"

Superliga 15-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng (2:0) mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

-  Nima ham deyishim mumkin? Bizda ko'p narsa o'xshamadi. Raqib esa g'alabaga mos o'yin ko'rsatdi va g'alaba qozondi. 

-  Bugun «Andijon»da birinchi davradagi o'yinlar bilan solishtirganda tajovuzkorlik ko'zga tashlanmadi. Sababi nima bilan boliq?

-  Albatta, bu erda nima bo'lganini o'zim ham tushunmay qoldim. Balki bu ruhiyat bilan bog'liqdir. Himoyada asabiy o'yin ko'rsatdik. Ikki nafar markaziy himoyachilarimiz havodagi hujumlarda raqibga o'yinni boy berishdi, deb o'ylayman. Qarshi hujumlarda natijaga erishishni rejalashtirgandik. Qanotlarda faollik ko'rsatishi kerak bo'lgan futbolchilarimiz ham biz kutgan o'yinni namoyish qila olmadilar. Gollarni standart vaziyatlardan o'tkazib yubordik. Jamoamiz ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmadi. Hujumlarimiz ham samarasiz bo'ldi. Rejalashtirilgan futbolimizni o'ynay olmadik. Yuqorida aytganimdek, avvalgi o'yinlarga nisbatan solishtirganimizda o'zim ham bugun nima bo'lganini tushuna olmayapman. O'yinimiz umuman qovushmadi. Hozir biror fikr bildirishim qiyin. O'yinni yaxshi tashkil qila olmadik. Bugungi uchrashuvda bizda hech nima o'xshagani yo'q. Uchrashuvdan avval yigitlar bilan qanday harakat qilishimiz kerakligi xususida gaplashgandik, kelishgandik. Lekin maydonda amalga oshmadi. 

-  Tanaffusda futbolchilarga qanday ko'rsatmalar bergandingiz? Qanday rejalar bor edi? CHunki ikkinchi bo'lim boshidayoq tezkor gol o'tkazib yubordinglar.

-  SHu jihat alam qiladida. Tanaffus chog'ida etarlicha ko'rsatma va maslahatlar bergandik. Raqibga o'yin bermasdan, tajovuzkur o'yin namoyish qilishimiz kerak edi. Hujumlarni tashkil qilishda ham bir qator rejalarimiz bor edi. Lekin bu rejalar ham o'xshamadi. Aybni biror-bir futbolchiga ag'dara olmayman. Hozir mag'lubiyat sabablarini tahlil qilib chiqish zarur.

-  Zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni qanchalik kuchaytira oldi hamda ikkinchi davrada taklif qilingan Vagiz Galiulin va Lyubisha Petsel haqida nima deya olasiz?

-  O'yinchilar harakat qilishdi, ammo natija biz o'ylagandek bo'lmadi. Ochiqchasiga aytadigan bo'lsak, o'zgarishlarimiz ham etarlicha natija bermadi. Zaxiradan maydonga tushganlar faolroq, boshqalarga o'rnak bo'lib o'yinni qo'lga olishlari kerak edi. Ha, faol bo'lishga intilishdi, biroq raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Raqib ham yaxshi himoyalandi.

-  Oxirgi paytlarda Farhod Bekmuratov nega maydonga tushirilmayapti? 

-  Boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berishga qaror qilgandik. Kim zaxirada qoladi, kim asosiy tarkibda tushadi, buni vaziyatdan kelib chiqib aniqlaymiz.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика