So’nggi yangiliklar

16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  9 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1

Aleksandr Xomyakov: "Bitta g'alabadan so'ng vaziyat o'zgaradi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bitta g'alabadan so'ng vaziyat o'zgaradi"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Metallurg" (1: 1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi va murabbiylar fikrlarini bildirib o'tdi.


"Bugungi uchrashuvda bizni vazifamiz faol o'yin ko'rsatib tezkor gol o'tkazmaslik edi.  Asosiy vazifa birinchi bo'lib hisobni ochishga qaratildi.  Baxtga qarshi har ikkisi ham amalga oshmadi.  Jamoamiz birinchi bo'lib gol o'tkazmay himoyaviy o'yin ko'rsatishni uddalashi kerak.  O'yin biz o'ylagan tarzda o'tmadi.  Raqib ham yomon o'yin ko'rsatmadi va qarshi hujumda unumli foydalandi.  Oldimizga qo'yilgan vazifa uddalanmadi" ,  - deydi Aleksandr Xomyakov.

- Jamoaning o'yinlariga nimadir etishmayapdi deb o'ylaysizmi ?


O'zimizni kuchimizga bo'lgan ishonch etishmadi.  Bu to'siqni engib o'tish bizga nasib etmayapdi.  

- "Mashal" doimo safardagi uchrashuvlarda chiroyli va yaxshiroq o'yin ko'rsatadi.  Bu nima bilan bog'liq?

CHunki biz safarda himoyaviy o'yin ko'rsatamiz.  Birinchi bo'limda raqibimiz himoyaviy o'yin ko'rsatdi.  Qarshi hujumda chiroyli o'yin ko'rsatdi.  Bizda vaziyatlarni yaratishda muammolar bo'ldi.  Ikkinchi bo'limda ham raqibimiz ishonch bilan o'yin ko'rsatdi va har ikki jamoa ochiq futbol ko'rsatdi.  SHundan so'nggina bizga o'ynash uchun imkoniyat tug'ildi va bir vaziyatdan foydalandik.  Muammolar juda ham ko'p.  Futbolchilarni psixologik jihatdan va o'zini kuchiga ishonmasligi muammo bo'lmoqda.  Bitta g'alabadan so'ng bu vaziyat o'zgaradi deb o'ylayman.  

Yana bir bor muxlislarimizdan uzr so'rayman.  Ozgina sabr qilishini so'rab qolar edim.  Yigitlar qo'lidan kelganicha harakat qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика