So’nggi yangiliklar

14:56"Қизилқум" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:38Уильямс трансферига нуқта қўйилди – футболчи "Атлетик"да қолади  1 14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  5 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  0 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  0 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  3 12:37"Футбол олами". "Динамо" яна ўз уйида ютқазди, "Навбаҳор" ва "Пахтакор" Кубокда чорак финалга чиқди  0 12:29Расман: Сардор Раҳмонов – "Сўғдиёна" футболчиси!   6 12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  20 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   11 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  26 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  4 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  5 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  4

Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyalarni kuchaytirishimiz kerak" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Bir nechta poziciyalarni kuchaytirishimiz kerak"

“Andijon” kecha ikkita o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazganidan xabaringiz bor

Dastlab Ruminiyaning “Selimbar” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynaldi. Ikkinchi nazorat uchrashuvida Gruziyaning “Sabultaro” klubiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. 

Bellashuvlardan keyin “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.  

“Dastur bo'yicha ishlamoqdamiz, o'yinlar o'tkazyapmiz. Rosti, boshqacha o'yin kutgandim. Birinchi uchrashuvni yaxshi boshladik. Keyin esa biroz charchab qoldik. Ikkinchi bo'limda ko'proq imkoniyatlar yaratdik, lekin yana xujumlarni yakunlashda muammo bor. Hujumlarsiz o'ynash juda qiyin, albatta. 

Ikkinchi o'yinda Gruziya jamoasi kuchliroq edi, ruminlarga qaraganda. Umumiy olganda, yomon o'yin ko'rsatmadik. Gruzin jamoalari doim o'yinlarda xukmronlik qilgan. Birinchi bo'limda katta ustunlikda o'ynashga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda himoyadan o'ynadik, ular bundan foydalanib, ikkita gol kiritdi. Asosiy muammo - bu hujumlarning yakuni yo'qligida. Hali vaqt bor, oldin aytganimdek bir qancha poziciyalarni kuchaytirish kerak. Yaqin vaqtlarda amalga oshadi, hujumlarni yakunlovchi o'yinchilarni ko'ramiz, albatta”, - deydi Aleksandr Andreevich.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика