So’nggi yangiliklar

16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  0 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  9 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1

Aleksandr Xomyakov: "Aqali bitta vaziyatdan foydalanganimizda edi. . . " Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Aqali bitta vaziyatdan foydalanganimizda edi. . . "

"Andijon" - "Mashal" (1: 0) uchrashuvidan so'ng Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.


"Nima ham deyishim mumkin.  "Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman.  Biz o'yinda g'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz etmadi.  Butun uchrashuv etarlicha ehtiroslarga boy o'tdi.  Butun uchrashuvni 11 metrlik penalti hal qilar edi lekin biz hatto shuni ham uddalay olmadik.  Raqib jamoaga esa penaltida omad kulib boqdi.  Men raqibda g'alabaga bo'lgan istakni ko'rdim.  Bizda juda-juda ko'p imkoniyat bo'ldi lekin bulardan hech biridan foydalana olmadik.  Aqali bitta vaziyatdan foydalanganimizda edi. . .  Biron fikr bildirishga ham ojizman"- deydi Aleksandr Xomyakov.

- "Mashal" doimiy ravishda 11 metrlikdan foydalana olmasligiga sabab nima ?

Hayronman.  Biz endi mashg'ulotlardan penalti tepishni ham mashq qilamiz shekilli ?!  O'zi uchinchi penaltini ura olmayapmiz.  "Andijon" o'zi o'yinlarda juda kam gol urgan.  "Andijon" urgan penalti vaziyatida bor yo'qligini qayta ko'rish kerak.  Bu vaziyatda qanot hakami qaror chiqardi.  Har qanday taqdirda ham bugun biz mag'lub bo'ldik.  

- Jamoaningizda penaltidan foydalanadigan futbolchi yo'qmi? Masalan ,  Jahongir Jiyamurodov "Nasaf"da doimiy ravishda penaltidan aniq foydalanib kelgan.  

- To'raev,  Abibullaev,  Hasanov va Qo'ziboevla bor edi.  Men ko'rsatma berganda kim tepishini aytmagan edim.  Vaziyatda kim o'ziga ishonsa shu tepishi kerak edi.  Aniq bir futbolchini belgilab olganimiz yo'q.  Zohir ishongani uchun tepgan edi.  Yutqazganimiz juda ham alamli bo'ldi.  

Biz bugun yirik hisob bo'lmasligini juda ham yaxshi bilar edik.  Bu o'yinda kim kuchliroq xarakterga ega bo'lsa shu yutar edi.  Biz Andijonga himoyalanish uchun kelmagan edik.  Faqat g'alabani istagan edik.  Menimcha muxlislar o'yindan yaxshi taassurot bilan ketishmoqda.  Men tasavvur qilgan o'yin bo'ldi.  

- Ivanovdan so'ng o'rniga munosib hujumchi topishni imkoni bo'lmadimi ?

- Biz uni yo'qotganimizdan afsusdamiz.  Lekin almashtirilmaydigan futbolchi bo'lmaydi.  Biz o'tgan uchrashuvda to'rtta gol urgan edik lekin ikkitasi bekor qilindi.  Yoshlarimizga ishonaman.  Hakamlarni ishiga aralashmayman.  O'yindan so'ng video takrorni ko'raman.  Ular ham odam va xato qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика