So’nggi yangiliklar

19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  0 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  0 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  3 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  37 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1

Aleksandr Xomyakov "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin: "VAR - ajoyib!" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin: "VAR - ajoyib!"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.





"Qiziqarli o'yin bo'ldi. "Andijon" sobiq klubim bo'lgani uchun bugun yutishni ham, yutmaslikni xohlamadim (kuladi). Yo'q baribir menimcha ko'proq yutishni istadim. SHunday asabiy o'yin bo'lishini taxmin qilgandik. Bugun sifatli futbol ko'rmadik, asosiy urg'u uzun paslarga va kurashlarga qaratildi. Kim mana shu kurashlarga dosh bersa o'sha g'olib bo'lardi. Afsuski...birinchi taymda ikkita yomon bo'lmagan vaziyat yaratdik. Ammo bu etmadi va jangovar durang bo'ldi, sizlarni ranjitmaslik uchun durang bo'ldi (kuladi). Jurnalistlarni bir ochko bilan tabriklayman", - deydi Aleksandr Xomyakov.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- "Baliq yo'g'ida, qisqichbaqa ham baliq" deyishadiku. Safarda durang, ayniqsa menga yoqib qolgan Andijon shahrida durang o'ynash yoqimli.

- Yangi "Andijon" klubi sizga yoqdimi?

- Albatta, o'zgarishlar bo'layotgani ko'rinmoqda. Klub tepasiga jiddiy insonlar kelishgani quvontiradi. Ular intilishmoqda. Rivojlanishni tilayman. SHunday muxlislarga ega shaharda mana shunday kuchli jamoa bo'lishi shart.

- VAR haqida nima deysiz?

- Ajoyib! Faqat men bu o'yin yakunlanmaydi deb o'yladim (kuladi). Qolgan barchasi ajoyib! Sababi bahsli vaziyatlarda bu yordam beradi. Muxlislar bosimi ostida hakam xatoga yo'l qo'yishi mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика