So’nggi yangiliklar

13:52Мураббийликда омади чопмаётган Руни телеэксперт бўлади  1 13:24Уолкотт: "Грилишнинг истеъдоди мураббий томонидан ўлдирилди"  0 12:57"Барселона" YouTube'даги обуначилари сони 20 млнга етган дунёдаги биринчи клубга айланди  32 12:30Қирғиз футболида рўй бераётган катта ҳодиса  3 12:12Шомуродовнинг устози фаолиятини якунламоқда  1 11:45"Боруссия" "Челси"нинг 3 нафар футболчисига қизиқмоқда  2 11:21Месси гол урган баҳсда Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди  5 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  9 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  39 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  4 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  6 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  2 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  5

Aleksandr Volkov: "Doim "oq bo'rilar"ni boshqarishni istardim" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Doim "oq bo'rilar"ni boshqarishni istardim"

"SHo'rtan" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Volkov o'z fikrlarini bildirdi.
"Barchani yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Bugun juda qiyin vaziyatga tushib qoldik, ammo yigitlar bor kuchlari bilan natijani saqlab qolishga erishishdi. Ularga katta rahmat aytaman. G'uzor xalqi futbolni sevadi, shu bois har bir g'alaba ular uchun bayram bo'ladi.

"Bunyodkor"da ishlaganimda ham "SHo'rtan"ni hurmat qilardim. Bu jamoa laqabi "oq bo'rilar", familiyam esa Volkov (kuladi). SHu bois doim bu klubda ishlashni istaganman.

Keyingi o'yinda bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz. Ilk bahsda barcha murabbiylar natijani birinchi o'yinga qo'yadi. CHiroyli o'yinlar esa keyinchalik bo'laveradi.

"SHo'rtan" oldiga minimum 6-7-o'rinlarni egallash vazifasi qo'yildi. Biroq beshlikka kira olsak xursand bo'lamiz. O'tgan yil "Buxoro" kuchli to'rtlikka kirgandi, bu yil "Olmaliq" yuqori o'rinlarda yursa kerak. Ko'pchilik "Dinamo"ni autsayderga qo'shib qo'yishgandi, biroq ko'rdingiz ular Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub eta olishdi. Futbol shunisi bilan qiziq.

Bu yilgi chempionatimizda syurprizlar bo'ladi, qandayligini vaqt ko'rsatadi", - deydi Volkov.

"SHo'rtan" matbuot xizmati
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика