So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Aleksandr Volkov: "Dinamo"ning natijasi ko'pchilik uchun sensaciya bo'lishi mumkin, ammo men uchun emas" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Dinamo"ning natijasi ko'pchilik uchun sensaciya bo'lishi mumkin, ammo men uchun emas"

Dinamo - SHo'rtan (3:0) uchrashuvidan so'ng, dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Volkov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo, Samarqand ahlini yangi mavsum bilan tabriklayman, Dinamo jamoasini esa futbol bayramidagi haqli g'alaba bilan qutlayman. Samarqandda bizni juda og'ir o'yin kutayotganligini bilardik va shunga yarasha puxta tayyorgarlik ko'rdik. Biroq, ming afsuski bugun maydonda hech narsa qila olmadik. Raqib bizni har tomonlama mag'lub etdi. Yirik hisobli mag'lubiyat uchun hech kimni ayblamayman, javobgarlikni o'z bo'ynimga olaman. Qaerdadir xato qilgandirman, balki futbolchilarni o'yinga to'g'ri tayyorlay olmagandirman. O'yinni to'liq tahlil etib, xatolar ustida ishlaymiz.

- SHo'rtan - Neftchi (1:0) o'yinidan keyin Dinamoning Bekoboddagi g'alabasini kutilmagan deya aytgandingiz. Bugun ham shu fikrdamisiz?


- Yo'q, o'shanda men Dinamoning natijasi ko'pchilik uchun sensaciya bo'lishi mumkin, ammo men uchun kutilmagan emas, degandim. CHunki men mavsum oldidan Dinamoning Toshkentdagi yig'inini kuzatgandim. Dinamo tarkib yig'ish va bir qator masalalarda muammoga duch kelgan bo'lsada, nazorat o'yinlarida mag'lubiyatlarga uchragan bo'lsada, jamoaning tarkibi to'liq yoshlardan iborat ekanligi va ularning ko'zi qay daraja yonayotganligidan hayratlangandim va xavfsiragandim. Ishtiyoq juda kuchli ularda. O'shandayoq bu jamoa chempionatda ko'pchilikni qiynashini kutgandim. Metallurgni mag'lub etganda mezbonlar ularning kuchiga to'g'ri baho berishmagan bo'lsa, bugun biz ham shunday holatga tushdik deb o'ylayman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика