So’nggi yangiliklar

00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  1 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  29 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18

Aleksandr Stoymirovich: "Joriy mavsumdagi dastlabki g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Joriy mavsumdagi dastlabki g'alabaga erishdik"

"Olimpik" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Joriy mavsumdagi birinchi g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, sekin astalik bilan o'z o'yinimizni topib bormoqdamiz. Futbolchilar ham o'yin uslubiga ko'nikib borishmoqda. Jamoa sardorisiz o'ynamoqdamiz va Tursunovsiz o'ynash oson emas. "Paxtakor"ga qarshi kechadigan keyingi uchrashuvda Sanjar qaytadi. "Olimpik" jamoasiga yuqori baho bergan bo'lardim. "Olimpik" o'yinini tizimlashtirgan jamoa.

- "Lokomotiv" jamoasiga hujumchi etishmayotgandek? Jamoa faqatgina standart vaziyatlar va penaltidan gol urmoqda?

- Ha, bizning jamoada "goleador" hujumchi yo'q. Biroq bizning o'yin uslubimiz yaqqol hujumchi maydonda bo'lishini talab etmaydi. Yaratgan vaziyatlarimizda hujumchilar emas, boshqa poziciyada o'ynaydigan futbolchilar gol urishi mumkin. Biz ko'p imkoniyatlar yaratamiz, ularni golga aylantirsak bo'lgani xolos.

- Hujumchi masalasi hakida gapirdingiz, yaqqol hujumchisiz o'ynaydigan jamoalar ko'p, ammo realizaciya bo'yicha muammolar bor? Ushbu holat haqidagi fikringiz qanday?

- Ha, biz bir nechta yaqqol vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Abdullaev o'yin davomida kichik jarohat olgandi va shu sabab o'yin so'ngida uni zaxiraga oldim. Mirzaevning vaziyatida biroz koncentraciya etishmadi. Hakimovni beli bilan muammolari bor va shu sabab Jasurni asosiy tarkibga qo'ymayapman. Futbolchilarimizning jismoniy holati alo darajada deya olmayman, afsuski.

- Jamoangiz dastlabki ikki turda to'rt ochko to'plashga erishdi. Keyingi raqiblar esa juda kuchli. "Paxtakor" o'yindagi kamchiliklarni kechirmaydi. Keyingi raqib uchrashuv haqidagi fikringiz?

- "Paxtakor" eng kuchli jamoa. Lekin "Lokomotiv" o'z o'yida har doim g'alaba uchun o'ynaydi. Biz o'z uslubimizda o'ynashda davom etamiz, keyingi uchrashuv har doimgidek normal tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi g'alaba futbolchilarimizga qo'shimcha kuch va ruhiy turtki berishiga ishonaman. Ushbu g'alabadan so'ng o'yinimizni yaxshilashda davom etamiz degan umiddaman.






Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика