So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  2 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Aleksandr Mochinov: "O'FF rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: "O'FF rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman"

Teglar :  Aleksandr Mochinov
Aleksandr Mochinov shogirdlari Doha shahrida o'tkazilgan yig'in davomida Qatar yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Terma jamoa bosh murabbiyi ushbu o'rtoqlik uchrashuvi orqali Tojikistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslari oldidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarni yana bir bor sinovdan o'tkazdi.

“Bunday uchrashuvlar va yig'inlarni tashkil etishda yordam berayotgani uchun O'FF rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi Aleksandr Mochinov O'FF matbuot xizmatiga. “Bu uchrashuvlar futbolchilarning jismoniy holatini yana bir bor tekshirish uchun ajoyib imkoniyatdir. “Qatar singari Osiyoning etakchi va kuchli jamoalariga qarshi o'yinlar orqali biz saralash bahslariga munosib tayyorgarlik ko'rishni rejalashtirganmiz. Uchrashuv juda qiziqarli hamda keskin tarzda kechdi. G'alaba va ishtiyoq uchun futbolchilarga rahmat. SHuningdek, yaratilgan sharoitlar uchun Qatar Futbol Uyushmasiga tashakkur bildirmoqchiman”.

Malumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, SHri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика