So’nggi yangiliklar

10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  2 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  0 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  4 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  1 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  5 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ кутилмаганда имкониятни бой бериб қўйди  17 07:40Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  1 07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  1 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  26 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  23 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  3 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  2 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0

Aleksandr Mochinov: Futbolchilarimiz matonat ko'rsatishdi Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: Futbolchilarimiz matonat ko'rsatishdi

KXDR ustidan g'alaba qozongan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov ajoyib va munosib o'yin uchun raqib terma jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.
Bugungi ajoyib o'yin uchun raqibimizga minnatdorchilik bildiraman. KXDR nafaqat guruhning, balki butun turnirning favoritlari qatorida bejizga tilga olinmadi. Bugungi ajoyib g'alaba uchun o'z shogirdlarimga ham minnatdorchilik bildiraman. Kuchli raqibga qarshi munosib va ajoyib o'yin ko'rsatdik va g'alaba qozondik, - deydi Mochinov o'yindan keyingi matbuot anjumanida.

SHu o'rinda, bizni o'yingacha qo'llab-quvvatlab turgan va dalda berib turgan barcha insonlarga ham rahmat aytmoqchiman. Kecha, xabaringiz bo'lsa Toshkentda milliy terma jamoamiz Yangi Zelandiyani o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub etdi. Ushbu o'yindan so'ng, milliy terma jamoa futbolchilari ham telefon orqali bog'lanib bizga o'yinda omad tilashdi. Bundan hursand bo'ldik. Bizni o'yin davomida stadionning o'zidan qo'llab quvvatlash uchun O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislarimizga esa alohida rahmat. Ularni xursand qilishimiz shart edi, - deydi O'zbekiston o'smirlari bosh murabbiyi.

Aleksandr Mochinov shuningdek, o'yindan oldin shimoliy koreyalik futbolchilarning o'yinini tomosha qilgani va ular juda hujumkor o'yin ko'rsatishini takidlab o'tdi.

KXDR terma jamoasining hujum chizig'i juda kuchli. Raqibning ilk 15 daqiqadagi bosimiga dosh berishimiz kerak edi. Ammo, baribir juda erta o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. SHunday bo'lsada, tezda o'zimizni o'nglab oldik va xatto birinchi bo'limni o'z foydamizga hal qilib chiqib ketdik. Futbolchilarimiz o'z matonatlari va mahoratlari evaziga bugun g'alaba qozonishdi. Biz bu uchrashuvni ham tezroq unutib Kuvaytga qarshi bundanda yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak, - deydi Mochinov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика