So’nggi yangiliklar

16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  10 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  7 15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  3 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  25 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   38 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖнинг янги мураббийи эртага Қатарга учиб кетади  166 12:07Breaking! Сречко Катанец Ўзбекистон МТЖни тарк этди  281 11:31Рэшфорднинг агенти "Барселона" спорт директори Деку билан учрашди  3 10:56"Бунёдкор" Анталияга қандай таркиб билан йўл олди?  3 10:30Эшитдик-да! "Локомотив" билан шартнома қилган футболчилар Суперлигага қайтмоқда   16 10:05Ўзбекистон U-20 терма жамоаси бугун Қатар билан ўйнайди  0 09:35Тошкент клуби футболчиси "Қизилқум" сафига бориб қўшилди  1 09:10"Андижон" Туркияда 9 та назорат учрашуви ўтказади. Рақиблар орасида Норвегия жамоаси бор  3 08:30Про лига тўпурари клуби билан келишувни узайтирди  0

Aleksandr Mochinov: “CHempionatimizda yana bir kuchli jamoa paydo bo'lganidan xursandman” Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: “CHempionatimizda yana bir kuchli jamoa paydo bo'lganidan xursandman”

Oliy liga o'n to'qqizinchi turidan joy olgan “Qizilqum” - “Obod” jamoalari uchrashuvi (4:1) tugagach o'tkazilgan matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov qatnashdi.

- “Qizilqum” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, - deya so'z boshladi Adeksandr Vladimirovich. - Yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, yigitlarimizga etirozim yo'q. Menimcha, bugungi o'yin stadionga yig'ilgan muxlislar zerikib qolishmadi. Raqibimiz kuchli jamoa, shunga qaramay Navoiydan hech bo'lmasa bir ochko olib ketish ilinjida tashrif buyurgandik. Ammo tajriba o'z so'zini aytdi. “Qizilqum” tarkibida mahoratli ijrochilar jamlangan. Ularga alohida tarif berishning hojati yo'q. Bugun aynan ularning xizmatlari evaziga raqibimiz yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Hayot esa davom etadi. O'z oldimizga kuchlilar safida o'rnimizni saqlab qolish vazifasi qo'yilgan. SHunday ekan, hali kurashamiz va oliy ligada qolish uchun imkoniyatimiz etarli, deb o'ylayman.

Bugungi o'yin milliy chempionatimizda yana bir kuchli jamoa shakllanayotganligini ko'rsatib berdi. Bundan xursand bo'ldim. Navoiydagi zamonaviy sport inshooti, yaratilgan shart-sharoitlar mutaxassis sifatida meni lol qoldirdi. Qolaversa, bu erda ajoyib muxlislar bor ekan. Yaqin yillarda “Qizilqum” Osiyo chempionlar ligasida qatnashsa, aslo ajablanmayman. Bu yo'lda navoiyliklarga faqat omad tilayman.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика