Aleksandr Mochinov “Buxoro” bosh murabbiyi?!
27 noy 2014 13:29
Yangiliklar
Aleksandr Mochinov “Buxoro” bosh murabbiyi?!
Bizga etib kelgan malumotlarga ko'ra, oliy ligada bir amallab jon saqlab qolgan “Buxoro” futbol klubida bosh murabbiy o'zgardi.
SHu paytgacha jamoani boshqarib kelgan turkmanistonlik Seid Seidov o'rniga mahalliy mutaxassis Aleksandr Mochinov tayinlandi. Murabbiyning o'zi bilan bog'langanimizda ushbu yangilikni inkor etmadi. Faqat bu haqda keyinroq gaplashamiz deb qo'ya qoldi.
Eslatib o'tamiz, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoani boshqargan Mochinov keyinchalik “Bunyodkor” murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. Endi bo'lsa yosh murabbiy “Buxoro”da ish boshlasa ajab emas.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar