Aleksandr Mochinov: “Afsuski vaziyatlardan foydalana olmadik ”
11 mar 2018 01:25
Yangiliklar


Aleksandr Mochinov: “Afsuski vaziyatlardan foydalana olmadik ”
“So'g'diyona” – “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aleksandr MOCHINOV o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-Avvalo jizzaxlik muxlislarni yangi mavsum bilan tabriklayman. Og'ir o'yiini o'tkazdik. Bunga ob-havo sabab bo'ldi.O'yin davomidabir qator qulay vaziyatlarga ega bo'libturib, gol ura olmaganimizdan afsusdaman. Yigitlarga rahmat aytaman. O'yinda chetlatish bo'lsa ham,ob-havoning noqulayligi qaramay futbolchilar xarakterini ko'rsata oldi. “Neftchi” hambir qancha xavfli vaziyatlar yarata oldi, ammo futbolda shunaqa gol urmasang, g'olib bo'la olmaysan. O'z xatolarimiz ustida ishlab keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz, -deydi “So'g'diyona” bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar