So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  2 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Aleksandr Lobanov: "Persepolis" safida chempion bo'lganimda haqiqiy ertak bo'lardi" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "Persepolis" safida chempion bo'lganimda haqiqiy ertak bo'lardi"

"Paxtakor" klubi safida uch marta O'zbekiston chempioni bo'lgan darvozabon shu yil boshida Eronning "Persepolis" klubidan bo'lgan taklifni qabul qilib 0,5+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.

O'tgan haftada Eron chempionati o'z yakuniga etdi. Unga ko'ra "Persepolis" mavsumni ikkinchi o'rinda tugatib chempionat kumush medallariga ega chiqdi. Qizig'i Xuzistonning "Istiqlol" klubi ham "Persepolis" bilan bir xil ochko to'plab qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha chempionlikni qo'lga kiritdi. Biz Aleksandr Lobanovni legioner sifatida birinchi yutug'i bilan tabriklab Eron chempionati haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'tgan hafta oxirida O'zbekistonga keldim. Biroz xordiq chiqarib Qirg'iziston va Kanada bilan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlayman, - deb gap boshladi Aleksandr Lobanov.



- Eron chempionatidan qanday taassurotlar oldingiz?
- Juda ajoyib. Eron chempionati juda kuchli ekanini o'z ko'zim bilan ko'rib guvohi bo'ldim. Muxlislarning o'zi alohida mavzu. Umuman barchasi yuqori saviyada tashkil etilgan. “Persepolis” safida o'ynaganimdan xursandman. Bu tajriba men uchun butun umrga as qotadi deb o'ylayman.

- “Persepolis” bilan shartnomangiz bor. Demak klubda qolasiz. To'g'rimi?
- To'g'ri hali klub bilan shartnomam nihoyasiga etgani yo'q. Biroq hozircha kelajagim borasida hech nima aytmay turaman.

- “Persepolis” Xuzistonning “Istiqlol” klubi bilan bir xil ochko to'pladi, lekin chempion bo'la olmadi. Rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar buni qanday qabul qilishdi?

- Oxirgi turda g'alaba qozondik, ammo narigi uchrashuvda “Istiqlol” ham g'alaba qozonganini eshitib xafa bo'ldik. Albatta barchamizga alam qildi. Lekin kiyim almashtirish xonasiga kirganimizda klub prezidenti barchaning ko'nglini ko'tarishga harakat qildi. Biz bilan faxrlanishini aytdi. Sababi o'tgan yil klubimiz Eron chempionatida juda yomon ishtirok etib 8-o'rinni band etgandi. Ushbu mavsum startini ham salbiy natijalar bilan boshlagandi. So'nggi turda biz chempionlik uchun kurashdik. Bu ko'p narsani anglatadi. Rahbariyat oldimizga Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olishni vazifa qilib qo'ygan edi. Biz buni bajardik. Agar chempionlikka erishganimizda bu ertak bo'lardi.



- Jamoaga bir ochko etmadi. Nima deb o'ylaysiz aynan qaysi o'yinda bu ochko yo'qotilgandi?
- To'g'risi qiyin savol berdingiz. Menimcha 28-turda o'z maydonimizda Tehronning "Naft" klubiga qarshi bahsda muhim ochkolarni yo'qotdik. O'shanda o'yin borasida raqibdan har tomonlama ustun kelib hisob bo'yicha yutqazib qo'ygandik, men esa maydonga tushmagan edim. Uchrashuvning 83 va 90-daqiqalarida raqib ikkita gol urib g'alabaga erishgandi. Futbolda doim ham kuchli o'ynagan jamoa g'olib bo'lavermaydi. Bu sport turining qiziq tomoni ham aynan shunda. Demak shunday bo'lishi kerak ekan, qo'limizdan hech nima kelmaydi.

- Siz uchun eng og'ir o'tgan bahs qaysi?
- Bilasizmi men uchun har bir o'yin katta sinovga aylandi. Birinchidan har bir o'yinda murabbiylarga va muxlislarga o'zimning asosiy futbolchi ekanligimni isbotlashim kerak edi. Ikkinchidan til bilmay turib jamoaga qo'shilib ketish juda og'ir. SHu bois maydonga tushganimda 200 foiz kuch bilan o'ynashim talab etilardi. Klub safida 8ta uchrashuvda qatnashgan bo'lsam har bir o'yinda haqiqiy jang kechdi. Hech bir jamoa osongina taslim bo'lmadi.

- Eron va O'zbekiston chempionatlarining o'xshash va farqli tomonlari nimada?
- Farqli tomonlarini aytaman. Birinchi navbatda muxlislar. Ular hamma erda borlar. Doim stadionlar tomoshabinlar bilan to'lib toshadi. Qaysi klubga qarshi o'ynasak ham stadionda minglab muxlislar bo'lardi. Biz aynan muxlislar uchun futbol o'ynaymiz. Yana bir farqli tomoni bu chempionatdagi intriga. Yuqorida aytganimdek har bir bahsda juda keskin kurash kechadi. Uchrashuvdan oldin qaysidir jamoani favorit yoki autsayder deb aytib bo'lmaydi.



- Eronda legioner sifatida sizga qanday munosabatda bo'lishdi?
- Meni boshidan yaxshi qabul qilishdi. Klubdoshlarim va murabbiylar meni qo'llab-quvvatlashdi. Muxlislar esa meni xuddi o'zlarinikidek qabul qilishdi. Ularning ishonchini oqlash uchun harakat qildim. Klubda xorvatiyalik Luka Marich, kosta-rikalik Maykl Umanya va gonduraslik Jerri Bengston kabi legionerlar ham o'ynashdi. Bengston Gonduras terma jamoasining asosiy hujumchisi hisoblanadi. U 2014 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Umanya esa Kosta-Rika safida 2006 va 2014 yildagi mundiallarda qatnashgan. U ikki yildan buyon "Persepolis" safida o'ynamoqda.

- "Persepolis" safida o'ynab qanchalik o'sishga erishdim deb o'ylaysiz?
- Eron chempionati Osiyoning eng ligalaridan biri hisoblanadi. Bu erda kuchli legionerlar o'ynaydi. Bundan tashqari Eron terma jamoasining o'zi ham qitada va Jahonda o'z o'rniga ega. SHu bois menimcha bu klubda o'ynab juda katta tajriba orttirdim. Ham o'yinchi, ham inson sifatida o'sishga erishdim.



- Eron terma jamoasi haqida gap ochdingiz. JCH-2018 saralashi 3-bosqichida bu jamoa O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin oldi. U erda qurani qanday qabul qilishdi?  
- Eronda mazkur qurani ijobiy deb qabul qilishdi. Yani forslar bu guruhdan chiqish mumkin deb hisoblashmoqda. Mahalliy OAV terma jamoa bir oyog'i bilan Rossiyada ekani haqida bong urmoqda.

- Bu Eron matbuotning fikri. Aleksandr Lobanovning fikriga ko'ra qaysi jamoalar guruhdan chiqadi?
- SHubhasiz O'zbekiston!

- Bundan boshqacha javob kutmagandim. Ikkinchi jamoa sifatida kimni taxmin qilasiz?
- To'g'risi qaysi jamoa ikkinchi bo'lishining menga mutlaqo farqi yo'q. Eng asosiysi ikki jamoa orasida O'zbekistonning bo'lishi. Xudo xohlasa albatta Rossiyadagi mundialga boramiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика