Aleksandr Lobanov: "Eng yaxshi darvozabon deb topishganidan xursandman"
01 dek 2014 10:30
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov: "Eng yaxshi darvozabon deb topishganidan xursandman"
"Paxtakor" darvozaboni Aleksandr Lobanov saytimiz xodimlari va o'quvchilari tomonidan 2014 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Darvozabon 29 noyabr kungi xayriya tadbiridan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bunday tadbirlarni ko'proq o'tkazib turish kerak. Odamlar kelib biz bilan birga futbol o'ynashdi. Har qanday muxlis futbolchilar ham oddiy inson ekanligini tushunib etishi lozim. Bunday o'yinlarda g'olib kim ekani muhim emas.
Sayt ijodkorlari va muxlislari meni yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olishganidan boshim osmonga etdi. Barcha ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman. Endi men yanada ko'proq mehnat qilib bejizga bunday sovrinni olmaganimni isbotlashim kerak. Eng yaxshi bo'lishimda albatta jamoadoshlarimning ham xissasi bor. Ularga ham rahmat.
Kamoliddin Kenjaevga qarshi o'ynash nasib qilmagan. Lekin tanishlarim u haqida gapirib berishdi. Juda mehnatkash, shijoatli futbolchi bo'lganini aytishdi. Terma jamoaga chaqirilgan, o'sha paytda termada juda katta raqobat bor edi. Kenjaevga hech qachon tushkunlikka tushmasligini va barchasi yaxshi bo'lishini tilab qolaman", - deydi Aleksandr Lobanov.
Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar