So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  14 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralashi haqida: "O'zbekiston va Eron guruhda favoritlikka asosiy davogar" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralashi haqida: "O'zbekiston va Eron guruhda favoritlikka asosiy davogar"

Qirg'iz Respublikasi sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin JCH-2026 saralash bosqichi qurasiga o'z munosabatini bildirdi.

"Ochiqchasiga aytganda bu bosqichda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Barcha terma jamoalar yaxshi darajada. Oddiy guruhlar bo'lmadi. Jahon chempionatida qatnashishni istagan terma jamoa kuchli raqiblarni yutishi kerak. Qiyin o'yinlar, parvozlar, iqlimga moslashish kabi jarayonlar kutib turibdi. Bu erda mehmonda ochko olish muhim hisoblanadi", - deydi Krestinin. 

- O'zbekistonlik muxlislar, murabbiylarning qura natijalaridan ko'ngli to'ldi. Nima deb o'ylaysiz, Qirg'iz Respublikasi tomoni quradan qoniqish hosil qildimikin?
- O'zbekiston reytingda yuqorida, ularga nisbatan o'zini ancha xotirjamroq va ishonchliroq his qilishi mumkin. Qirg'iz Respublikasi bu bosqichga ilk bor chiqdi va ular uchun barcha raqiblar teng kuchli. SHubhasiz qiyinchiliklar bor. Tashkilotchilik, to'g'ri tayyorgarlikka ko'p narsa bog'liq. 

- O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi uy-safar o'yinlari qanday o'tadi deb o'ylayapsiz?
- Qo'shnilar to'qnashuvi doim qiziqarli o'tgan. Muxlislar ajoyib darajada qo'llab-quvvatlaydi. O'yinlar bosim ostida o'tadi. 

- Guruh favoriti?
- Qog'ozda kim favoritligi barchaga malum. Lekin futbolda oldindan aytib bo'lmaydigan jihatlar bor. Bir tomondan reytingga qarash kerak, qolgan hammasi maydonda hal bo'ladi. O'zbekiston, Eron favoritlikka asosiy davogar. Qolganlarni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. 

- To'g'ri-to'g'ridan 2 ta jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oladi. Asosiy raqobatchilar kimlar?
- Qatar amaldagi Osiyo chempioni. Eron, Qatar, O'zbekiston qog'ozda katta imkoniyatga ega. 1-2 o'ringa shu uchta terma jamoa kurashsa kerak. 3-o'ringa hammada imkoniyat teng.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика