So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Aleksandr Krestinin: "O'zbekiston - jiddiy raqib. Ular mundialga juda yaqin kelishgan" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "O'zbekiston - jiddiy raqib. Ular mundialga juda yaqin kelishgan"

Qirg'iziston futbol federaciyasi matbuot xizmati terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin bilan suhbat uyushtirdi.


- O'zbekistonga qarshi o'yinga Musabekov va Baymatovdan tashqari faqat mahalliy futbolchilar jalb etildi. Uchrashuv orqali futbolchilarni tekshirib olishingiz tushunarli. Ammo bu o'rtoqlik o'yinidan asosiy maqsad nima?
- Maqsad Myanmaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish. Hozirda jamoamizning hujumdagi ishlaridan ko'nglim to'lmayapti. SHu boisdan oldingi chiziqdagi bazi bog'lamlarni yanada shakllantirib olishni ko'zlayapmiz. Vaziyatlardan unumli foydalanish ustida ish olib boriladi. SHuningdek, terma jamoada o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat taqdim etamiz. O'rtoqlik bahsi orqali bir qator variantlarni sinab ko'ramiz. Jamoaning kombinacion o'yinlariga ishlov beriladi, futbolchilar o'zlarini ko'rsatib olish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo'lishadi.

- Yig'inga oz qolganida Kazakbaev o'rniga Ilyaz Alimov jalb etildi. Bu nima bilan bog'liq?
- Kazakbaev og'ir jarohatdan keyin tiklandi. Safar oldidan biz futbolchi bilan suhbatlashdik. Kazakbevni aytishicha, hali jarohati uni bezovta qilmoqda. Ammo futbolchi klubida umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshladi. Xattoki zaxiradan maydonga tushib, gol ham urishga erishdi. Bu albatta quvonarli. Lekin Kazakbev hali jarohatidan tuliq forig' bo'lmagan. Terma jamoa esa futbolchi jarohati tiklaydigan joy emas. Agarda Kazakbaev jarohatidan to'liq forig' bo'lsa, unda Myanmaga qarshi o'yinga uni yana chaqirishni o'ylab ko'ramiz.

- Maksat Alimov ilk marotaba terma jamoadan chaqiruv oldi. Bu futbolchi haqida nima deya olasiz?
- Ha, Maksat Alimov birinchi bor terma jamoa lagerida. Biz Maksat Alimovni ancha avval terma jamoaga taklif etmoqchi edik. Ammo Alimov faoliyatini katta futboldami yoki futzalda davom ettirishi borasida yakuniy qarorga kela olmayotgandi. Bu esa juda muhim. CHunki futbol va futzal o'rtasida katta farq bor. Bu ikki xil sport turi. Hozirgi kunda esa biz uni katta futbolda qanday imkoniyatlarga ega ekanligini yaxshi raqibga qarshi tekshirib olishimiz mumkin. Maksat Alimov nimalarga qodir ekanigini isbotlashi uchun ajoyib imkoniyatga ega. Lekin avvalo qaerda o'ynamoqchi ekanligini to'liq hal etib olsa yaxshi bo'lardi. Ikkala sport turida ham yaxshi darajada o'ynash imkonsiz. O'rtoqlik uchrashuvida bu futbolchini tekshirib olamiz. Biz unga ishonib chaqirdik. Alimov yuqori texnika sohibi, yaxshi darajadagi futbolchi. Ammo xalqaro maydonda o'zini ko'rsata oladimi-yo'qmi bu boshqa masala.

- Jamoaning ilk mashg'uloti haqida qanday fikrdasiz?
- Hammasi reja asosida o'tmoqda. Toshkentdagi "Bunyodkor" klubiga qarashli maydonda shug'ullanmoqdamiz. SHaroitlar ajoyib. O'zbekiston futbol federaciyasiga alohida rahmat aytmoqchiman. Ular bizni mehmondo'stlik bilan kutib olishdi va barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda.

- O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 chiptasi uchun kurashmoqda va mundialga yo'l olish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Raqib haqida nima deya olasiz?
- O'zbekiston terma jamoasi ancha jiddiy raqib. Yaxshi darajadagi jamoa. O'zbekiston haqiqatdan ham mundialga yo'l olish uchun davogar hisoblanadi. Bu safar ham ular  yana mundialga yaqin kelishgan. Jamoaning murabbiylar shtabi bo'lajak uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. O'zbekiston terma jamoasini bizga qarshi o'yinda o'zlarining vazifa va rejalari bor. Bizning esa o'zimizning reja va vazifamiz bor. O'yin "yopiq eshiklar" ostida o'tadi. Yani muxlislarsiz. Bu har ikkala jamoaga ham kerak. CHunki har ikkala terma jamoa rasmiy o'yinlarga tayyorgarlik ko'rmoqda. SHu boisdan ham bellashuv ancha jiddiy hamda qaynoq harorat ostida o'tishi aniq. Bu o'rtoqlik bahsi har ikkala terma jamoa uchun foydali.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика