So’nggi yangiliklar

21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1

Aleksandr Krestinin: "Osiyo Kubogidagi ishtirok Qirg'iziston uchun katta bayram bo'ladi" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Osiyo Kubogidagi ishtirok Qirg'iziston uchun katta bayram bo'ladi"

Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi Qirg'iziston uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladi.

CHunki yon qo'shnilarimiz tarixda birinchi bor Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Kecha Dubayda tashkil qilingan qura tashlash marosimida Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin ham bor edi. Qura natijalari malum bo'lgach, rossiyalik murabbiyni suhbatga tortdik.  

- Aleksandr Sergeevich, qura qanday taassurot qoldirdi?
- Tashkiliy tomonlama ham, boshqa jihatdan ham tadbir yuqori saviyada bo'ldi deya olaman. Eng muhimi, hamma o'z raqiblarini bilib oldi va buyog'iga tayyorgarlik boshlanadi.

- Qirg'iziston joy olgan guruh haqida nima deya olasiz?
- Oddiy guruh emasligi ko'rinib turibdi. Umuman olganda har bir guruh o'ziga yarasha murakab. Xitoyda dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri Marchello Lippi ishlayapti. Janubiy Koreya esa Osiyoning etakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. Filippinda amerikalik mutaxassis ishlayapti va uni yaqindan bilaman.

- Qirg'izistonning ishtirokidan nimalarni kutyapsiz?
- Biz Osiyo Kubogida debyutantmiz, yani tarixda birinchi marta qatnashamiz. SHu bois boshqalarning bizga nisbatan qanday munosabatda bo'lishini bilmayman. Lekin biz ham o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Osiyo Kubogiga chiqish futbolchilar uchun ham, muxlislar uchun ham katta voqeilik bo'ldi.

- Terma jamoaning hozirgi holati qanday?
- O'ylaymanki, o'yindan o'yinga o'sib boryapmiz. Lekin Osiyoning boshqa jamoalari bilan solishtirganda kamchiliklarimiz ko'p. Hali Osiyo Kubogida shov-shuv yaratishga harakat qilamiz.

- O'zbek futboli haqida tasavvuringiz qay darajada?
- Bu borada malumotga egaman deya olaman. Sizlarda futbol saviyasi ancha yuqori. Milliy chempionat ham kuchli deb bilaman.

- O'zbekiston joy olgan guruh haqida fikringiz?
- Yaponiya - kuchli, lekin O'zbekiston ham chakki emas. Menimcha, sizning jamoangiz bemalol guruhdan birinchi o'rin bilan chiqa oladi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика