Aleksandr Krestinin: "Men hech kimning yoshiga qaramayman"
11 okt 2019 16:08
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin: "Men hech kimning yoshiga qaramayman"
JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan bahsda Qirg'iziston Myanmani 7:0 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan keyin Qirg'iziston termasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Biz juda ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Hisob yirik ko'rinish olgach biroz xotirjamlikka berildik va buning natijasida raqib vaziyat yaratishga harakat qildi. Umuman olganda butun uchrashuv nazoratimizda bo'ldi. Bizning jamoada yoshlar va kattalar degan tushuncha yo'q, bu erda malakatning eng yaxshi futbolchilari to'plangan va hech kimni yoshiga qarab ajratmayman. Men eksperiment qilishni xohlamayman va kimni kuchli deb bilsam maydonga tushiraman".
Malumot uchun, yana 10 kundan keyin Aleksandr Krestinin Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganiga 5 yil bo'ladi.
Fikrlar