Aleksandr Kerjakov: "CHorak finalda kim bilan o'ynaymiz? Farqi yo'q, hammani yutamiz!"
01 iyu 2018 22:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/441024_original.jpg)
![](/upload/storage/441024_220.jpg)
Aleksandr Kerjakov: "CHorak finalda kim bilan o'ynaymiz? Farqi yo'q, hammani yutamiz!"
JCH-2018ning 1/8 finalidan o'rin olgan bahsda Rossiya Ispaniyani yutib chorak finalga yo'l oldi.
Rossiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Aleksandr Kerjakov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Butun Rossiyani g'alaba bilan tabriklayman! Bu erda tarix yozilyapti. Hozir juda qattiq hayajondaman. Ispaniya bungacha biror marta ham JCH mezbonlarini yutmagandi. Bugun ham shu voqea takrorlandi. CHorak finalda kim bilan o'ynaymiz? Buning nima farqi bor, hammani yutamiz".
Eslatib o'tamiz, Rossiya chorak finalda Xorvatiya - Daniya bahsi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
09:41
Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" 14
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar