Aleksandr Grigoryan: "O'yindan qoniqish hosil qilmadim"
02 avg 2015 22:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178471_original.jpg)
![](/upload/storage/178471_220.jpg)
Aleksandr Grigoryan: "O'yindan qoniqish hosil qilmadim"
"O'yindan to'liq qanoat hosil qilganim yuk. Bundanda kuchlirok o'ynashimiz kerak edi. Hisob 2:0 bo'lganidan keyin yigitlar bo'shashishdi. SHunga qaramay o'yin bizning nazoratimizda o'tdi. Taktik ustunlik evaziga galaba qozondik. Ikkinchi bo'limda "Olmaliq" biroz jonlandi, xattoki 100 foizli vaziyatdan gol ura olmadi. O'yindagi muhit menga juda yoqdi, Rossiyada birinchi ligada bunday muhitni kamdan-kam ko'rasiz", - deydi Grigoryan.
- Kozakni nima uchun almashtirdingiz?
- Maqsad to'p bilan ko'proq muomala qilish edi. Aslida Kozakka etiroz yo'q, shunchaki Vladimir va Sohibov bilan ko'p pas o'ynab bo'lmas edi. SHunga ikkinchi hujumchini tushirdim.
- Ikki jamoa ham yaxshi imkoniyatlardan foydalana olishmadi...
- Bu tajribasizlikdan. Bizda masalan shunday buldi. Ayni vaziyatdan kelib chiqsam Sergeev va Pardaev o'zi gol urgisi kelib bir-biriga pas bermadi. Bu erda ular to'gri qaror chiqarishmadi. Futbol esa jamoaviy o'yin. "Olmaliq" borasida Igor SHkvirin javob bergani yaxshi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar