Aleksandr Golovin: "Barcha fikr va rejalarim "Monako" bilan bog'langan"
20 iyu 2019 20:58
Yangiliklar


Aleksandr Golovin: "Barcha fikr va rejalarim "Monako" bilan bog'langan"
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin yaqin vaqt ichida klubni tark etishni rejalashtirmayotgani haqida aytib o'tdi.
"Monako" tarkibida yangi mavsum uchun sifatli tayyorgarlik ko'rmoqchiman. Ko'p marta aytdim va yana takrorlayman barcha fikr va rejalarim mazkur jamoa bilan bog'langan.
O'ylaymanki, aniq maqsad va vazifalar rahbariyat tomonidan yaqin vaqt ichida malum bo'ladi. Klubga imkon qadar foydali o'yinchi bo'lishgni xohlayman", - deydi Golovin.
Ortda qolgan mavsumda 23 yoshli rossiyalik Franciya chempionatining 30 uchrashuvida maydonda harakat qildi va 3 tadan gol va assist muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar