So’nggi yangiliklar

08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  0 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8

Aleksandr Geynrix: “Koroche...“ Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: “Koroche...“

Bugun O'zbekiston yoshlar terma jamoasini qanday qilib 2003 yilgi jahon chempionatida ishtirok etganligi haqida kichik maqola yozgan edim.

Men juda ko'p futbolchilarni yaxshi taniyman. Ular orasida shubhasiz Geynrixga bo'lgan hurmatim o'zgacha. Uni hamma yaxshi ko'radi, xattoki magazinchi G'aybulla ham.

Geynrixni qisqa xotiralarini bilish maqsadida uning messendjeriga yozib yubordim, ko'p o'tmay Sasha akadan javob keldi.


- Koroche.... Qolgani tarjimasi bilan.



JARda guruh o'yinlari bo'lib o'tdi. Raqiblarimiz kuchli emas edi. Qiyinchiliksiz Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Hammasidan qizig'i keyin boshlandi. Musobaqa Qatarda bo'lyapti. Guruhimizdagi raqiblardan biri Qatar. Bunday paytda bizga oson bo'lmasligi aniq edi. Qatar bilan o'yindan oldin Viktor Borisov murabbiylar shtabidagilar bilan bizni yig'di va o'yinga ko'rsatmalarni berdi.


Ildar Magdeev bilan xonadosh edim. O'yinga qiziqishim juda katta. Qandaydir tuyg'u, bu uchrashuvda g'alaba qozonishimizni aytardi. Magdeevga, maykamga yozuv yozaman dedim. Marker faqat Borisovda bo'lardi. Turdim-da, Borisovni eshigini taqillatdim.


- Kim, u?

- Men, Sasha!

- Senga nima kerak, chaqirmadim-ku?

- To'g'ri, markeringizni berib tura olasizmi?

- Uni nima qilasan?

- Sizga sovg'am bor.


Markerni oldimda, qaerdan bu fikr miyamga keldi bilmayman “nas ne dogonyat“, deb yozdim.


O'yinda hakam to'liqligicha Qatarni foydasiga qarorlarni chiqara boshladi. Lekin bizni o'yin ochilib ketgandi. Gollar ketidan, gollar Qatar darvozasiga urilardi. Bu kecha to'liq bizniki ekanligini barchamiz his qilib bo'lgan edik va men so'nggi golimdan keyin o'sha o'ylagan ishimni nishonlashga vaqt kelganini bildim va maykamni ko'z-ko'z qildim.


Echinish xonasidagi muhitni aytmasa ham bo'ladi. Barcha xursand edi. Keyingi o'yinda JCH masalasini hal qildik. Keyin esa o'yin tizginini o'zimiz tashlab yubordik, charchoq ham bor edi. Muhimi Vatanga JCH yo'llanmasini bilan qaytgan edik. Keyin esa vaziyat o'zgarib ketdi. Nima uchundir Borisovni o'rniga Yurge Gyodeni qo'yishdi. Aslida murabbiylar shtabi yaxshi ishlayotgandi. Bolalar bilan bu vaziyatni tushuna olmay qoldik. Nima uchun u ishini davom ettirmasligi kerak edi? Germaniyalik mutaxassisni yomon ishladi demayman, ammo u ko'p narsani o'zgartirib yubordi. SHunga qaramay JCHdagi o'yinlarimizni yomon o'tdi deb aytmayman. Barcha raqiblarga bir to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik. Argentinani esa 80 daqiqa yutib turgan edik. Ammo hakamlar yana katta sahnaga chiqishdi.


Bugungi maqoladan keyin, Olimpiya zaxiralari Kollejida uzoq yillar davomida ishlab kelgan murabbiyi, Bahodir aka Toshmuhamedov aloqaga chiqdilar va o'sha terma jamoaga oid qo'shimchalarini aytib o'tdilar.


- O'sha terma jamoada o'z hissasini qo'shganlar ichida, do'stlarimiz, Ibragimov, Akramov va Salomovlarni ham eslab o'tish kerak. Baxtiyor Rahimov esa JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan futbolchilarimizga, o'z yonidan 800-900 AQSH dollari bilan chin dildan mukofotlagan edi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика