So’nggi yangiliklar

12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  2 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  0 11:32Левандовски қишда "Барса"дан кетишни режалаштирмаяпти. Унинг 2026 йилнинг ёзида эркин агент бўлиб кетиш эҳтимоли юқори  2 10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  7 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  9 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  11 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  11 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0

Aleksandr Geynrix: "Bugundan boshlab bor etiborimizni Yamanga qaratamiz" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Bugundan boshlab bor etiborimizni Yamanga qaratamiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasining "JAR" stadionida bo'lib o'tgan mashg'ulotda ikki nafar legionerimiz ishtirok etdi.

Mahalliy futbolchilardan tashqari, Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov birinchi kun mashg'ulotida qatnashdilar. SHu munosabat bilan "Ordabasi" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimizni suhbatga chorladik.

- Malum bir tanaffusdan so'ng yana MTJga qaytdingiz, orada tarkibda bir qancha o'zgarishlar bo'lganini o'zingiz ham ko'rib turibsiz. SHu haqda fikrlaringiz...

- MTJga doimo yordam berishga tayyorman. Unda o'ynashni barcha istaydi, Vataning bayrog'i ostida maydonga tushish sportchi uchun g'urur. Qaytishimga bunchalik etibor qaratishadi deb o'ylamagan edim. Ishonch bildirayotganlarga rahmat aytaman. Tarkibni o'zgarganini ko'rib turibman. Yoshlar ko'paygan. Ular bilan mashg'ulot davomida yaxshiroq tanishamiz va o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 


- Yaman haqida nima deya olasiz?

- Hozircha hech nima. Bugun yig'in boshlandi, ular haqida malumotlar etarlicha. Ertadan raqib haqidagi axborotlar bilan tanishamiz va shunga qarab tayorgarlik olib boramiz. Ularni kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganish juda muhim.


- Keyingi raqibimiz Filippin guruhimizda sensaciya qilyapti. U erda bizni oson bo'lmagan o'yin kutib turibdi...

- Demak yaxshilab o'rganishimiz kerak.


- Siz kabi uzoq yillardan so'ng Anvar Rashidov ham MTJga qaytdi, bunga munosabatingiz...

- (kuladi) Oooo, Tursunoch (Tursunovich, futbolchi va murabbiylar unga Tursunoch deb murojaat qiladilar). Albatta uni terma jamoada bo'lishi futbolchilarni kayfiyatini ko'taradi. Uni o'zi ham bundan xursand.


- Kecha "Astana" ECHLni guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Bu Qozog'iston uchun katta bayram bo'lsa kerak?

- Albatta bu qozog'istonliklar uchun katta yutuq. Men astanaliklar uchun xursand bo'ldim. ECHLda to'p tepishni ko'pchilik istaydi, bugun ularning orzulari amalga oshdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика