So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Aleksandr Ejov: Xorazm oldiga hech qanday vazifa qo'yilmagan Yangiliklar

Aleksandr Ejov: Xorazm oldiga hech qanday vazifa qo'yilmagan

O'zbekiston Kubogi 1/16 final doirasidagi Samarqandning “SHerdor” va Urganchning “Xorazm” (3:2) klubi uchrashuvidan keyin urganchliklar bosh murabbiyi Aleksandr Ejovni suhbatga tortdik.

- Aleksandr, kutilmagan mag'lubiyat borasidagi taassurotlaringizni bildirsangiz...
- Bugun muxlislar kurashlarga boy shiddatli o'yin guvohi bo'lishdi. “SHerdor” jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Afsuski, bugun futbolchilarimiz “SHerdor” jamoasi kuchini munosib baholashmadi. Raqib jamoa nisbatan yoshligi bois, bemalol yutamiz degan fikr bilan maydonga tushishdi. Natijada jazolandik. Ayniqsa, 1-bo'limda deyarli 100 foizlik uchta imkoniyatni qo'ldan boy berganimiz ham jamoamizga tasirini o'tkazdi. “SHerdor” jamoasi esa katta ishtiyoq bilan to'p surib g'alabaga erishdi.

- “SHerdor” ketma-ket ikki uchrashuvda “Labsa” va “Nurashon”ga qarshi ham ochiq va hujumkor o'yin namoyish etgandi. Murabbiylar shtabi bu jamoaning o'yinini o'rganishganmidi?
- Yo'q to'liq o'rganmagan edik. Ammo “SHerdor” oldingi bosqichda 120 daqiqa to'p surib “Labsa”ni mag'lub etganligi bois, jismoniy holati yaxshi ekanligini bilardik. SHu bois, jamoamiz futbolchilariga birinchi bo'limning o'zidayoq vaziyatlardan foydalanib, o'yin taqdirini hal qilish lozimligini uqtirgandim. Afsuski, gollarni urolmadik. Raqib esa 2-bo'limda vaziyatlaridan gollar urdi.

- “Xorazm” 1-bo'limda “SHerdor”dan ustun ekanligini ko'rsatgandek edi, ammo 2-bo'limda o'yini umuman qovushmadi. Bu jismoniy holat bilan bog'liqmi?
- CHindanam fikringizga qo'shilaman. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz mavsum oldi yig'inlardagi tayyorgarligimiz bilan bog'liq. Biz xatolarimiz ustida hali ko'p ishlashimiz kerak.

- “Xorazm” oldiga mavsum oldidan qanday vazifa qo'yilgan?
- Oldimizda hech qanday vazifa qo'yilmagan. Vazifamiz Pro-Liga “A” guruhidan tushib ketmay, o'rnimizda qolish.

- Har holda “Xorazm” viloyatning bosh klubi, jamoada qanday muammolar bor?
- Keling, shu savolingizga javob bermay. Muammolar bor, ammo buni muhokama qilishni istamayman. Bir marotaba bu haqda gapirib ko'rganman... SHunday ekan, bu savolingizni izohsiz qoldiraman. Vazifa haqida so'radingiz, javobim shu – oldimizda hech qanday vazifa yo'q.


Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика