So’nggi yangiliklar

23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар дом ютиш яхши"  0 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  1 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  6 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  1 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  6 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  3 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   20 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5

Aleksandr Ejov: "Ro'zimboy Ahmedov liderlik qobiliyatini ko'rsatishga intildi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Ro'zimboy Ahmedov liderlik qobiliyatini ko'rsatishga intildi"

Pro liganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima ham derdim. Qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ushbu uchrashuvda yutishimiz yoki aksincha yutqazishimiz mumkin edi. Raqibni ham bir ochko bilan tabriklayman. Umuman olganda bahs durangga mos tarzda o'tdi. Yigitlarda bosim kuchlilik qildi. Lekin berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Hakamlar haqida gapirish mening vakolatimga kirmaydi. Ularni nazorat qiladigan kishilar bor",- deya gap boshladi Ejov.

- O'ylab qo'ygan rejalaringiz amalga oshdimi?

- Barchasi ham amalga oshmadi. Aytganimdek yigitlarda bosim katta bo'ldi. Ishlashda davom etamiz.

- Maydon holati haqida nima deya olasiz?

- Maydon ideal holatda edi. Muhit ham ajoyib bo'ldi. Buning uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ko'plab ishqibozlar orasida to'p tepish albatta boshqacha zavq beradi.

- Raqib jamoa tarkibida qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?

- "Aral Samali"dagi Navro'z Alimov va Azamat Allaniyozovni yaxshi bilardik. Bizdan esa Ro'zimboy Ahmedov liderlik qobiliyatini ko'rsatishga intildi. Orqa chiziqda esa G'ayrat O'daev. Unda ko'p narsa o'xshamagan bo'lsa ham yomon o'ynamadi.

- Bugun "Xorazm" voha derbisida ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko qo'lga kiritdimi?

- Yuqorida takidlaganimdek bugun yutishimiz yoki yutqazishimiz mumkin edi. Ikki jamoa ham ochko yo'qotgani yo'q.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика